Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə50/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Nazorat diktanti. Nazorat diktanti o‘rganilgan qoidalarni o‘quvchilar qanchalik o‘zlashtirgani, bu qoidalarni amalda qanchalik tatbiq qila olishlarini nazorat qilish uchun o‘tkaziladi. Bunday diktant har bir katta mavzuni o‘tib bo‘lgandan keyin va chorak oxirida olinadi. Shuning uchun ham nazorat diktanti uchun o‘quvchilar maxsus tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘tilgan mavzuni takrorlab kelishlari talab qilinadi. Ayni paytda o‘qituvchi ham o‘quvchilarning yoshi, tarbiyasi, talabiga javob beradigan va mavzuga muvofiq keladigan matnni tanlab yozdirishi lozim.
Nazorat diktanti quyidagi tartibda o‘tkaziladi: O‘qituvchi nazorat diktanti uchun tanlangan matnni adabiy talaffuz me’yorlari asosida ifodali o‘qib beradi. Matn mazmuni o‘quvchilar uchun tushunarli ekanligiga ishonch hosil qilingach, matn tarkibida uchragan imlosi qiyin yoki o‘quvchi uchun notanish so‘z (2-3ta) doskaga yozib qo‘yiladi. Shundan so‘ng matn jumlama-jumla o‘qiladi.
Matn yozib bo‘lingandan so‘ng o‘qituvchi uni yana bir bor sekin, ifodali o‘qib beradi. Natijada, o‘quvchilar yozgan diktantini boshdan-oyoq tekshirib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi mumkin qadar tezroq tekshirib, o‘quvchilarni yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlatishi lozim. Aks holda o‘quvchilarning esidan chiqib ketib, diktantning hech qanday foydasi bo‘lmasligi mumkin.
Diktant matnidagi so‘zlar soni

Sinflar

V

VI

VII

VIII

IX

Lug‘at diktantdagi so‘zlar miqdori


20-25

25-30

30-35

35-40

40-45

Nazorat diktantdagi so‘zlar miqdori

100-110

110-120

120-150

150-170

170-200



O‘quvchilar nutqining rivojlanganlik darajasi, umumiy savodxonligi, asosan, bayon, insho orqali aniqlanadi. Bayon qisman ijodiy mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, u ta’limiy va nazorat maqsadlarida o‘tkazilishi mumkin.
Bayon o‘rta maktab ta’lim - tarbiya tizimida nutq o‘stirish vositasi sifatida muhim o‘rin tutadi. U yozma ishni asosiy turlaridan biri bo‘lib, asar yoki undan olingan parcha mazmunini o‘quvchi tomonidan «o‘z so‘zi» - o‘ziga xos uslubi asosida savodli qayta bayon qilishni taqozo etadi.
Bayonning ta’limiy - tarbiyaviy ahamiyati katta. U ona tili va adabiyotdan o‘quvchini qanchalik bilim, malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘layotganini, nutq madaniyati taraqqiyoti darajasini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, matn mazmuni orqali axloqiy - estetik kamolotga yetaklaydi, mehnatga va tabiatga muhabbat ruhini singdiradi, chinakam insoniy fazilatlarni shakllantiradi.
Bayon o‘z xususiyatiga ko‘ra diktant va inshodan farq qiladi. Bu yozma ishlardagi o‘zaro umumiy o‘xshashlik shundaki, ularni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchi yozilishi lozim bo‘lgan mavzuni, matnni aniqlaydi, o‘qiydi, o‘quvchilar esa o‘qituvchi rahbarligida topshiriqni savodli yozish uchun harakat qiladilar.
Ularning bir-biridan farqi shundaki, diktant matni o‘qituvchi tomonidan aytib turib yozdiriladi, bayonda esa matn o‘qib berilgandan so‘ng o‘quvchilar o‘zlashtirganlarini xotira asosida yozishga kirishadilar.
Diktant o‘quvchilarni grammatikadan qanchalik ongli bilim olganliklarini namoyish etadi, savodxonligini oshiradi, yozuv malakalarini puxta egallashga undaydi.
Bayon va insho yozishda esa o‘quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o‘zlarining tafakkur kuchi va nutq boyliklariga suyanadilar. Bu insho bilan bayonning o‘xshash tomonlaridir. Ular o‘rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta’limiy xarakterda bo‘lsa, matn o‘qib berilgach, o‘quvchilar uning mazmunini og‘zaki gapirib beradilar, shundan keyingina yozishga kirishadilar. Inshoda esa o‘quvchilarga matn o‘qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo‘yicha reja tuziladi, o‘quvchilar shu reja bo‘yicha o‘z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar.
Ta’limiy bayonda oldin bayon talablari va qoidalari aytiladi, shu haqida ularga zarur bilim beriladi, keyin bayon yozish mashqi izchil davom ettiriladi. Shu sohada o‘quvchilarni qanchalik bilim, ko‘nikma va malakalarga ega ekanliklarini tekshirish sinash maqsadida vaqti-vaqti bilan sinov tekshiruv (nazorat) bayoni o‘tkaziladi.
Matn tanlashda o‘quvchilarni yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinadi, ayniqsa, matnning tarbiyaviy jihatiga, davr talablariga qay darajada mosligiga e’tibor beriladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə