Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə53/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Tekshiruv - sinov bayoni. O‘quvchilarning nutqiy malakalarini aniqlash, sinash maqsadida o‘quv yilining har bir choragida bir-ikki marta tekshiruv-sinov bayoni o‘tkazilib turiladi. Buning uchun matn, albatta, o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan, darsda tahlil qilinmagan asarlardan yoki «Bayonlar to‘plami»dan olinadi.
Bunday bayonni o‘tkazish uchun matn o‘qituvchi tomonidan bir-ikki marta ifodali o‘qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan o‘quvchilarda savollar bo‘lmasa, berilgan reja asosida bayon yozishga kirishiladi. Bayon yozib bo‘lingach, mustaqil o‘qib chiqish uchun 3–5 minutgacha vaqt imkoniyati beriladi. Shundan so‘ng ish yig‘ib olinadi.
Tekshiruv - sinov bayoni o‘qituvchi tomonidan adolatli tekshirilib baholanadi. Agar xatolari har tomonlama o‘rganilmay, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilsa, baho yo oshirib yoki, aksincha, nihoyatda kamaytirilib qo‘yilishiga sabab bo‘ladi. Xullas, har bir o‘quvchi olgan bahosining asosli ekanligiga iqror bo‘lishi zarur.
Bayon tartibi. O‘quvchilarga bayon yozishni o‘rgatishda o‘qituvchidan uni muntazam sur’atda o‘tkazib borish va bu sohada ma’lum bir tartibga amal qilish, ya’ni matnni o‘quvchilarning yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos bo‘lishiga e’tibor berib, soddadan murakkabga, erkin, to‘liq bayon etishdan matnga yaqinlashtirib bayon yozishga, matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib bayon yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan insho yozishga o‘tiladi.
Bayonda so‘zlar hajmi. Uzoq yillik pedagogik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bayondagi so‘zlar hajmi aniq ko‘rsatilmaydi. Sababi, bayon o‘tkazishda so‘zlar hajmini aniq ko‘rsatish o‘qituvchi va o‘quvchilarning erkin harakatiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bunday ma’lum chegara qo‘yish maqsadga muvofiq emas, deb o‘ylaymiz. Chunki bayon diktant emas, balki uslub va fikrlashni o‘stirishga qaratilgan o‘ziga xos yozma ishdir. Shuningdek, joylarda mahalliy sharoitni, o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, sinfdagi o‘quvchilarning yoshi, yozma nutqi, saviyasi va ayniqsa, vaqt hamda yozib ulgura olish iqtidoriga qarab mazkur sinfda matnni o‘qituvchining o‘zi erkin tanlash huquqiga ega ekanligi e’tiborga olinadi.
A.R.Sayfullayevning «O‘zbek maktablarining V–IX sinflarida ta’limiy bayon» nomli metodik qo‘llanmasida ta’limiy bayonga doir nazariy va metodik adabiyotlar tahlili, ta’limiy bayon va uning ahamiyati, bayon o‘tkazishga oid asarlar tahlili, bayon o‘tkazish usullari, to‘liq bayon, qisqa bayon, saylanma bayon, ijodiy bayon ustida ishlash yo‘llari aniq qilib ko‘rsatib berilgan.
Insho matnning oliy ko‘rinishi bo‘lib, o‘quvchining ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda bayon qila olish darajasini belgilovchi asosiy mustaqil ish turidir.
Nazorat insholari yil davomida 4–5 marta o‘tkaziladi. Bu insholar avval qoralamada bajariladi va tahrir qilingach, oqqa ko‘chiriladi. (Insho haqida to‘liq ma’lumot darslikning to‘rtinchi bo‘limida beriladi.)

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə