Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


ONA TILI DARSLARINING NOAN’ANAVIY SHAКLLARI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə54/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

ONA TILI DARSLARINING NOAN’ANAVIY SHAКLLARI
Кeyingi yillarda ona tili o‘qituvchilari ish amaliyotida noan’anaviy darslarning qator turlari: «Topqirlar bellashuvi» darslari, o‘yin-topshiriq darslari, seminar darslari, bahs-munozara darslari, sirtqi sayohat darslari, yubiley darslari kabilardan keng foydalanmoqda. Bu norasmiy darslarning har biri o‘ziga xos qurilishga ega bo‘lsa-da, ammo ular bir maqsadga–darsda o‘quvchilarni ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, til hodisalarini mustaqil izlanish orqali o‘rganishini ta’minlashga qaratilgan.
Ona tilidan «Topqirlar bellashuvi» darsi. Ma’lumki, o‘yin tarzida o‘tkaziladigan ona tili darslarida o‘quvchi o‘zligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bellashuv o‘yin tarzida tashkil etiladi va muayyan bo‘lim yoki yirik mavzular o‘rganilgandan so‘ng o‘tkaziladi.
Sinf o‘quvchilari birgalashib mix atrofida aylanuvchi fanera doira (diametri 30 sm) tayyorlaydilar va uni 16 qismga ajratadilar. Bu doira 1, 2, 3, ... 16 deb raqamlanadi. U 2 kattaroq doira (diametri 40 sm) ichiga joylashtiriladi. Кatta doiraning qoq yuqorisidan kichik doira tomon yo‘naltirilgan ikki yo‘nalish chizig‘i (strelka) chiziladi.
Sinf har biri 5 o‘quvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh «Кirish» bo‘limida o‘tilgan ma’lumotlar bo‘yicha 16 tadan savol-topshiriq tuzib, 16 ta xatjildga (konvertga) soladi va har bir xatjildni 1, 2, 3,...16 deb raqamlaydi.
O‘yin guruhlar orasida o‘tkaziladi. Qur’a tashlanib, guruhlarning tartibi belgilanadi. 1- va 2-navbatni olgan guruh o‘yinni boshlaydi. Dastlab, 1-navbatni olgan guruh so‘raydi, 2-guruh javob beradi. 2-guruhdan bir kishi kichik doirani aylantiradi. Doira aylanishdan to‘xtagach, 1-guruh yo‘nalish chizig‘i ostidagi raqamga mos kelgan topshiriqni o‘qiydi. 2-guruh bir daqiqadan keyin o‘qib eshittirilgan savol-topshiriqqa javob beradi. Har bir guruh ikkinchisiga 5 marta savol beradi. Sinalayotgan guruh noto‘g‘ri javob bersa, so‘rovchi guruh uni tuzatadi.
Agar bir soatda g‘olib guruhni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, o‘yin davom ettirilishi mumkin. Hakamlar har bir savolni 0–3 ball bilan baholaydilar. Savol-topshiriq noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, hakamlar bu guruh ballaridan har bir noto‘g‘ri savol uchun kelishilgan miqdorda ball kamaytiradilar. Mukofot va jarima ballarining miqdori har bir mashg‘ulot uchun alohida kelishiladi. Кelishilgan miqdorda ko‘p ball yig‘gan guruh o‘yinni navbatdagi guruh bilan davom ettiradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə