Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Ona tilidan sirtqi sayohat darslari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə57/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tilidan sirtqi sayohat darslari. Sirtqi sayohat darslari muayyan bir mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilingandan keyin o‘tkaziladi. O‘quvchilar «Bilimlar mamlakati»ga sayohat qilib, turli holatlarga duch keladilar. Yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklarni yenggan, ya’ni o‘quv topshiriqlarini mustaqil bajargan o‘quvchilarga ballar qo‘yib boriladi. Topshiriqlarni tez va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar sayohatni davom ettiradilar.
Topshiriqlar darsliklardan tanlanishi yoki o‘qituvchi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, sifatlarning ma’no guruhlari o‘rganilgach, shunday sayohat darsi rejalashtirilishi mumkin. Bu darsda o‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
1-topshiriq. Berilgan sifatlarning ma’nosiga qarab:
1) rang-tus sifatlari;
2) belgi-xususiyat sifatlari;
3) maza-ta’m sifatlari;
4) shakl-hajm sifatlari singari guruhlar orqasidan tiziling (sinfda 4 o‘quvchi shu ma’no guruhlari timsolida chiqadi va ularning ko‘kragida o‘sha ma’no guruhning nomi yozilgan bo‘ladi).
So‘zlar: oq, qirmizi, ol, sarg‘ish, ko‘kimtir, nofarmon, jigarrang; chuchuk, sho‘r, nordon, taxir, qo‘lansa; gavdali, novcha, semiz, baqaloq, pakana, shirinsuxan, kamgap; yassi, dumdumaloq, tor, keng.
2-topshiriq. Partadoshingiz bilan yoki guruhlararo sifatlarni o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llash bo‘yicha bellashing.
Namuna: achchiq sho‘rvaachchiq gap; bemaza qovunbemaza ish; nordon mastavanordon piching; qizil ko‘ylakqizil yuz.
3-topshiriq. «Ot+rang» qolipli beshta qo‘shma sifat hosil qiling.
Namuna: havorang, feruzarang.
4-topshiriq. «Кamalak» mavzusida tasviriy matn yarating (O‘qituvchi o‘quvchilar tasavvurida kamalakni hosil qildiradi yoki uning rasmini ko‘rsatadi).
Darsning oxirida har bir o‘quvchining sayohatda to‘plagan ballari e’lon qilinadi va to‘plangan ballarga qarab o‘rinlar belgilanadi.
Ona tilidan konferensiya darsi. Ona tilidan konferensiya darsi ko‘proq 7–9 - sinflarda o‘tkaziladi. Darsning bu shakli ma’lum bir til sathi yoki katta mavzu o‘rganilgandan keyin uyushtiriladi va yakunlovchi dars vazifasini o‘taydi.
Кonferensiya darsini bitta sinf doirasida yoki ikkita parallel sinf bilan birgalikda o‘tkazish mumkin. Bu darsda o‘quvchilarning ona tilidan tayyorlab kelgan kichik ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, ular birgalikda muhokama qilinadi.
Кonferensiya darsiga tayyorgarlik kamida bir oy oldin boshlanadi. O‘qituvchi ma’ruza mavzularini belgilaydi; ularni o‘quvchilarga topshiradi; zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi va vaqti-vaqti bilan unga tayyorgarlikning borishini nazorat qilib turadi. O‘quvchi esa avval adabiyotlar bilan puxta tanishib chiqadi; ma’ruza rejasini belgilaydi; har bir masala yuzasidan material yig‘adi va uni yozadi.
O‘quvchilar ilmiy ma’ruza uchun material yig‘ish tartibini bilishlari kerak. Avval tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq til hodisasi puxta va asosli o‘rganiladi, o‘qituvchi bilan material yig‘ish yuzasidan suhbat o‘tkaziladi, tahlil qilinayotgan badiiy asar o‘qib chiqiladi, misollar alohida-alohida yozib boriladi va nihoyat, ular saralanib, matnni yozishga kirishiladi.
Кonferensiya darsining murakkab tomonlaridan biri barcha o‘quvchilarning faolligini ta’minlashdir. Кo‘p hollarda ma’ruzachi faol bo‘lib, qolgan o‘quvchilar shunchaki tinglovchiga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni muzokara ishtirokchisiga aylantirishi, ularning o‘z fikr-mulohazasi bilan ishtirok etishini ta’minlashi zarur.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə