Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə56/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

«Egizaklar» o‘yinida o‘quvchilarga so‘zlar tarkibida qo‘sh undoshlar kelishini izohlagach, ularni egizaklarga o‘xshatish mumkinmi, deyiladi. Bolalar uchun bu esda qoladigan o‘yin bo‘la oladi. Agar bir xil (mm, ll, ss) undosh bo‘lsa, Hasan-Husan, ikki xil undosh qo‘sh kelsa, (nch, st, nd) Hasan-Zuhra kabi obrazli o‘xshatishlar aytilsa, o‘quvchilar darrov shunday so‘zlarni izlashadi, o‘yin qiziqarli bo‘ladi.
Namuna: Hamma, ammo, pilla, tilla, issiq, hissa.
Ganch, do‘st, juft, qand, vaqt, baxt,taxt.
Egizaklarni joylashtiring.

1. si...(sinch)


ti...(tinch)
ga...(ganch)
ta...(tancha)
qa...(qancha)
shu...a(shuncha)

2. sa...ar(sarvar)


ga...ar(gavhar)
se...ir(sezgir)
ra...(rahm)
ra...ar(rahbar)
za..ar(zargar)

O‘quvchilardan qaysi biri topshiriqni to‘g‘ri bajarsa, o‘yin g‘olibi hisoblanadi.


«Aytiladigan so‘zlarga – at qo‘shimchasini qo‘shib so‘zlarni to‘g‘ri yozing» o‘yini.
O‘quvchilarga oxiri –iy qo‘shimchasi bilan tugagan so‘zlar (zaruriy, majburiy, xususiy, qonuniy, rasmiy, qat’iy, madaniy, she’riy va h.k.) aytib turiladi. O‘qituvchilardan bu so‘zlarga –at qo‘shimchasini qo‘shib yozish talab etiladi. (Masalan, zaruriyat, majburiyat, xususiyat, qonuniyat, rasmiyat, qat’iyat, madaniyat, she’riyat va h.k.). So‘zlarni xatosiz yozgan guruh o‘yin g‘olibi sanaladi. Guruh o‘quvchilari yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlashda o‘zaro tekshirishdan foydalanish ham mumkin.
«Nega lug‘atda buva so‘zi buvi so‘zidan oldin yoziladi?» o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar lug‘atlarida so‘zlar faqat birinchi harf bilan emas, balki keyingi harflarning ham alifboda berilish tartibiga joylashtirilishini sharhlaydilar. Ular buva so‘zidagi to‘rtinchi harfi a, buvi so‘zidagi to‘rtinchi harfi i dan alifboda oldin joylashganligini aytadilar. Lug‘atda u yoki bu so‘zning joylashish tartibini to‘g‘ri sharhlab bergan o‘quvchi o‘yin g‘olibi sanaladi.
Fan-texnika tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan, odamlarning turli xildagi ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, izohli lug‘atlar bilan ishlashiga ko‘proq ehtiyoj sezilayotgan bir paytda so‘zni lug‘atdan tez topish ko‘nikma va malakalari ustida ish olib borish ona tili ta’limi oldida turgan muhim talablardan biridir. Ana shu maqsadda ayniqsa, «So‘zni lug‘atdan tez top» o‘yini ancha yaxshi samara beradi. O‘yin shunday tashkil etilmog‘i lozimki, o‘quvchi «Imlo lug‘ati»dan istagan so‘zni yarim daqiqada topish imkoniyatiga ega bo‘lsin. (O‘yin-topshiriqlardan namunalar keyingi mavzularda ham berib o‘tiladi.)
Shunday qilib, ona tili mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarning imkoniyatlari benihoya keng. O‘yin eng avvalo o‘quvchini faollashtiradi va tezkorlikka o‘rgatadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə