Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Matnga yaqinlashtirib bayon yozish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə51/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Matnga yaqinlashtirib bayon yozish. Bunda muallifga xos so‘z va iboralardan foydalanish talab etiladi. Buning uchun badiiy til xususiyati bilan ajralib turadigan asarlar tavsiya etiladi. Bunday matn yuzasidan bayon yozishdan oldin o‘quvchilar muallifning har bir fikri, iborasi va uslubini aniq tushunib olishi va uni o‘z bayonida qo‘llashi zarur. Matnga yaqinlashtirib yozilgan bayonda muallif fikrini o‘quvchi o‘z so‘zi bilan bayon etishi mumkin, biroq eng muhimi muallif qo‘llagan so‘z va iboralarning yozma nutqda keng foydalanishi zarur. Bu o‘quvchi lug‘at boyligini oshiradi va faollashtiradi, iboralardan ijodiy foydalanishni o‘rgatadi. Buning uchun matn hajmi uncha katta bo‘lmasligi kerak.
Qo‘shimcha topshiriqli bayon, asosan, ona tili darslarida o‘tkaziladi. Bunda biror grammatik qonun-qoida asosida olingan bilimni ko‘nikma va malakalarga aylanish ko‘zda tutiladi. Masalan, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, moslashuv, boshqaruv, bitishuv, gapda so‘zlar tartibi, gap bo‘laklari, gapning uyushgan bo‘laklari, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap, sinonim so‘zlar, ritorik so‘roq gaplar, inkor gaplar, tinish belgilarining ishlatilishiga oid nazariy bilimlar o‘rganilgach, qo‘shimcha topshiriqli bayon o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Saylanma bayonda matnning hammasi yozilmaydi, balki o‘quvchilar bir necha qismli matning xohlagan bir qismi yuzasidan bayon yozadilar. Bunda o‘quvchilarga erkinlik beriladi, ular o‘zlariga yoqqan, qiziqtirgan biror qismni saylab oladilar. Bu bayon turining ahamiyati shundaki, o‘quvchilar keng hajmli mazkur asar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar, undagi qismlar orasidagi bog‘lanishni tushunib yetadilar va saylab olingan qism mazmuniga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladilar, tafakkur va nutqlari tezroq rivojlanadi, mustaqillik, saylab olish, tanlash ixtiyori ularni quvontiradi. Uni tashkil etishda o‘qituvchi matnni bir marta ifodali o‘qib beradi, reja tuzmasdan ham yozishga kirishish mumkin.
Qisqartirib, ixcham bayon yozish. Qisqartirib, ixcham bayon yozishning ahamiyati shundaki, biror ertak va hikoyaning mazmunini umumlashtirib asosiy g‘oyani lo‘nda ifodalash uchun o‘quvchini faol mustaqil fikrlashga undaydi, keng hajmli matn yuzasidan qisqartirib ixcham bayon yozish malakasini shakllantiradi. Qisqartirib yozish malakasini hosil qilish uchun matn yuzasidan savol shaklida reja tuza bilish muhim o‘rin tutadi. Keyin ular savolga qisqa javob yozadilar.
Qisqartirib ixcham bayon yozishning asosiy talabi shuki, matning asosiy mazmuniga zarar yetkazmagan holda, ikkinchi darajali voqea - hodisalarni qisqartirib, g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rinlar qoldiriladi. Qisqartirilgan bayonni murakkablik tomoni shundaki, o‘quvchi muallifning qisqa fikrini saqlagan holda nihoyatda qisqa, ixcham yozishni o‘rganadi. Shunga qaramay, mazkur bayon ustida uzluksiz ishlash zarur.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə