Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə48/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

O‘zbek tilidan nazorat darslari. Nazorat darslari o‘quvchilarning o‘rganilgan materiallarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, yo‘l qo‘yilgan imloviy, punktuatsion va nutqiy xatolarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
O‘zbek tili (ona tili) dan nazorat darslarini uch turga ajratish mumkin:
1. Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat.
2. O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat.
3. Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.
Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat berilgan tovush, so‘z, gap, matnni tahlil qilish, so‘zlarni muayyan xususiyatlariga qarab guruhlash, til hodisalarini qiyoslab, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish, qo‘yilgan savollarga to‘g‘ri javob qaytarish, topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish orqali aniqlanadi. Chunonchi, otlarning yoki sifatlarning ma’no guruhlari o‘rganilgach, o‘qituvchi oxirgi mashg‘ulotni nazorat darsi sifatida rejalashtiradi.
O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat, asosan ta’limiy diktantlar, shuningdek, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimida diktantlarning xizmati benihoya kattadir. Diktant yozish jarayonida yozuv orqali o‘quvchilarning aqliy faoliyati rivojlanadi. O‘quvchi o‘qituvchi aytib turgan jumlalarni yoki so‘zlarni yozadimi, yoki fikrini erkin yozadimi, baribir, u ongli ravishda og‘zaki nutqni yozma shaklga ko‘chiradi. Dastlab, so‘zlovchining nutqini tinglovchi mazmun jihatdan idrok qiladi. So‘zlovchining nutqini yozuvga ko‘chirish jarayoni boshlanganda o‘quvchi gapdagi so‘zlarni tovush tarkibi va ohangiga e’tibor beradi, tovush va harflarni o‘zaro qiyoslaydi, ohangni ma’lum tinish belgilari bilan ko‘rsatishga harakat qiladi.
O‘quvchi diktant yozishda doimo ichki nutqqa asoslanadi. Yozish jarayonida o‘quvchining nutq organlari so‘z uzvlarini bilinar-bilinmas talaffuz qilgan holda harflarga ko‘chiradi.
Ma’lum harflar tushirib qoldirilgan so‘zlarni to‘g‘ri yozish talab qilingan mashqlarda ham o‘quvchi so‘zni avval to‘lig‘icha ichida talaffuz qiladi va tushirib qoldirilgan tovushga muvofiq keladigan harfni topadi. Shuning uchun ham o‘quvchi tovush va harf munosabatini yaxshi bilishi kerak.
Tovush o‘ziga muvofiq keladigan harfiy ifodasiga ega bo‘lganda, o‘quvchi bunday tovushlarni harflarga aylantirishda qiyinchilik sezmaydi. Lekin ayrim hollarda, xususan, kuchsiz holatga kelganda, tovushlar o‘zlarini to‘liq talaffuziga ega bo‘lmaydi. Ana shunday paytlarda o‘quvchi orfogrammani yozishda qiynalib qoladi. Masalan, obot talaffuz qilinsa ham, obod yoziladi. Bunday holatlarning sababini o‘quvchiga tushuntirish kerak.
O‘quvchi diktant yozishda so‘zlarni tovushlarga ajratish va tovushni harflarga solishtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, tovush va harflarni bir-biriga muvofiq keladigan va muvofiq kelmaydigan holatlar borligini ajratib oladi. Muvofiq kelmaydigan holatlarning sababini bilib oladi. O‘quvchilarning to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda xilma-xil diktant turlaridan foydalaniladi. Garchi diktantlarning barchasi ta’limiy xususiyatga ega bo‘lsa ham, lekin ma’lum bir mavzu o‘tilgandan so‘ng shu mavzuni o‘quvchi qanchalik o‘zlashtirganini sinamoq uchun alohida diktant turi o‘tkaziladi, bunday diktant ta’limiy diktant nomi bilan yuritiladi. Diktantlar dastlab ikki guruhga bo‘linadi: ta’limiy va nazorat diktantlar. Ta’limiy diktant o‘z navbatida ijodiy diktant, lug‘at diktant, saylanma diktant, ta’kidiy diktant kabi turlarga ajratiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə