Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


Кo‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə46/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Кo‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari maxsus dars turi bo‘lib, hajm jihatidan katta, o‘rganilishiga 2–3 soat vaqt ajratilgan mavzular yuzasidan o‘tkaziladi. Bu dars turi yangi bilim berishdan tashqari boshqa barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Agar yangi bilimlar berish darsida qayta xotiralash xarakteridagi topshiriqlar qisman izlanuvchanlik va izlanuvchanlik xarakteridagi topshiriqlarga qaraganda ko‘proq qismni tashkil etsa, bu darslarda shuning teskarisidir.
Topshiriqlarning sharti ham bu darslarda ancha murakkablashadi. Har bir mashq uch-to‘rt va hatto besh-olti topshiriqni o‘z ichiga qamrab olishi mumkin.
O‘rganilganlarni takrorlash darslari bir necha soat davomida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mukammallashtirishni nazarda tutadi.
Takrorlash darslari o‘quv yilining boshida, oxirida, yirik mavzular o‘rganilgandan keyin va bo‘limlar tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. Shu jihatdan takrorlash darslarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
– o‘quv yili boshida takrorlash;
– o‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash;
– oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun takrorlash;
– darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash;
– ona tilidan katta mavzu, bo‘lim o‘tilgach, o‘tkaziladigan takrorlash;
– ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida o‘tkaziladigan takrorlash.2
O‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan takrorlash oldingi sinfda o‘rganilgan materiallardan tashkil topadi. Til hodisalarining yaxlitligi, bir - biri bilan o‘zaro chambarchas aloqadorligi o‘quv yilining boshida oldingi sinfda o‘rganilganlarni takrorlashni zaruriyatga aylantiradi. Chunki yangi o‘rganiladigan materiallar oldin o‘rganilganlarning mantiqiy davomi sanaladi.
O‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan takrorlash ham umumlashtiruvchi, ham tayyorlovchi takrorlash bo‘lib, u nafaqat oldingi sinfda o‘rganilganlarni xotirada tiklashga, balki navbatdagi sinfda o‘rganiladigan materiallarga zamin hozirlashga xizmat qiladi. Bu turdagi takrorlash darslari uchun o‘quv materialini o‘qituvchi darslikdan tanlashi yoki o‘zi tuzishi mumkin.
Takrorlashning bu turini muvaffaqiyatli qo‘llash uchun sinf o‘quvchilarining o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish, qaysi til hodisalarini takrorlashga ko‘proq ehtiyoj sezilayotganligini nazarda tutish, zaruriyat tutilsa, darslikdagi mashqlar shartiga qo‘shimcha shartlar kiritish, ularni o‘zgartirish, yangi mashqlar kiritish foydalidir.
O‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash bosqichida yil davomida olgan bilimlar qayta esga olinadi, o‘quvchilarning bilimlari tartibga solinadi, o‘rganilgan mavzular yuzasidan umumiy xulosalar chiqariladi.
Oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun takrorlash yangi mavzuni o‘rganish va mustahkamlash darslarida o‘tkaziladi. Shu jarayonda o‘rganilgan va o‘rganilayotgan mavzular o‘rtasida izchillik, mantiqiy aloqa hosil qilinadi.
Darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash jarayonida yangi mavzu haqida ma’lumot berilgandan so‘ng o‘quvchilar olgan bilimlarini esga tushirib, mashqlar ustida ishlatiladi. Bu jarayon darsning mustahkamlash bosqichi deb ham yuritiladi.
Takrorlash bitta bo‘lim yoki katta mavzu doirasida tashkil etilishi mumkin. Bunda asosiy e’tibor nafaqat o‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlashga, balki o‘quvchilar bilimidagi bo‘sh tomonlarni hisobga olib, bu bo‘shliqlarni to‘ldirishga ham qaratiladi.
Ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida o‘tkaziladigan takrorlashda mavzu yuzasidan tushuncha hosil qilish, o‘rganilgan mavzu doirasida malakalarni shakllantirish, o‘quvchilarning bilimlarini qat’iylashtirishga qaratiladi.
Кeyingi yillarda takrorlash mashg‘ulotlarini «Topqirlar bellashuvi» tarzida o‘tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darsning bu shakli qiziqarli dars shakllaridan biri bo‘lganligi uchun ham bu haqida batafsil to‘xtalamiz.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə