Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə42/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

Ona tili darslario‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O‘quvchi ona tilidan zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni asosan dars orqali oladi.
Dars–bir xil sinfdagi o‘quvchilar bilan qat’iy rejim va jadval asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turi.
«Dars» va «mashg‘ulot» tushunchalari garchand bir - biriga yaqin bo‘lsa-da, ammo ular bir ma’noni ifodalamaydi. Mashg‘ulot–darsga qaraganda keng tushuncha. Agar dars belgilangan qat’iy jadval asosida va qat’iy vaqt ichida o‘tkazilsa, mashg‘ulot dars bilan bir qatorda o‘quvchilar bilan birga yoki yakkama-yakka holda o‘tkaziladigan ta’limiy ishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Maktab tarixida dars o‘qitishning ishonchli va qulay usuli bo‘lib, u davr sinovlaridan o‘tgan va o‘zini to‘la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o‘quvchilar jamoa bo‘lib o‘qiydilar va bir vaqtning o‘zida sinfdagi barcha o‘quvchilarni zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish imkoniyati tug‘iladi.
Ona tili darsi o‘quvchilarni nutq ko‘nikmalari bilan qurollantirishning asosiy vositasidir.
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga muayyan talablar qo‘yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog‘liq. Ma’lumki, boshqa o‘quv fanlari singari ona tili mashg‘ulotlari ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zlaydi.
Darsning ta’limiy maqsadi o‘rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o‘quvchilarda puxta bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo‘llash kabilarni talab etsa, tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta egallashga kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an’analar, urf - odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab darajasiga ko‘taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kelgan o‘quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda yengish, o‘zida qat’iylik, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishga o‘rgatishni talab qiladi.
Кeyingi yillarda ayrim maktablarda darslar 30 daqiqalik shaklda ham o‘tkazilmoqda.
Ona tili mashg‘ulotlari oldiga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
DTS talablari doirasida:
– o‘quvchilar nutqini o‘stirish, imlo savodxonligini oshirish, talaffuz me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o‘qish uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish;
– ta’lim prinsiplariga qat’iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini to‘g‘ri belgilash;
– ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligini ta’minlash;
– qayta xotiralash, qisman ijodiy va to‘liq ijodiy topshiriqlar o‘rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o‘quv topshiriqlariga keng o‘rin ajratish;
– bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda o‘quvchilar yoshi, o‘qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə