Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiyalar instituti rektori



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə44/135
tarix22.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#154396
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman» Navoiy innovatsiy-fayllar.org

1. Tayyorlovchi xotirlash. Til yaxlit bir tizim bo‘lib, uning barcha sathlari bir - biri bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ham tilning har bir sath birligi serqirra, ko‘p vazifali, ko‘p ma’noli. Bu birlikning bir tomoni ma’lum bir bo‘limda o‘rganilsa, uning ikkinchi qirrasi, xususiyati tamoman boshqa bir bo‘limda o‘rganiladi. Chunonchi, bog‘lovchilar, ularning ma’nolari va guruhlari morfologiya bobida o‘rganilsa, so‘zlarni va gaplarni bir - biriga bog‘lanishi sintaksis bobida ko‘rib chiqiladi. Demak, sintaksisni o‘rganishda, bog‘lovchilar haqida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchi xotirasida tiklash ehtiyoji tug‘iladi. Tayyorlovchi xotirlash yangi bilimlarni egallash uchun asos vazifasini o‘taydi.
2. Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash). Til sathlari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan yaxlit tizim bo‘lsa ham, bu zanjirning har bir bo‘g‘ini nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo‘g‘ini alohida - alohida mavzular sifatida o‘rganiladi. Chunonchi, bog‘lovchilarning o‘zi 5-6 mashg‘ulotga bo‘linib, turlarga ajratilib o‘rganiladi va mashg‘ulotlarning oxirida umumlashtiruvchi xotirlash ishlari bajarilishi lozim. Umumlashtiruvchi xotirlash ishlari tilning uzluksiz tizimidagi ma’lum bir tizimchalar haqida yaxlit, to‘liq ma’lumot hosil qilish uchun zarurdir va yakunlovchi sinov ishlari (yozma ish, yakuniy baho chiqarish, imtihon va h.k.) bajarilishi shart.
Yangi bilim hosil qilish. Amaliy ishning bu turi tahliliy (induktiv) ta’lim usulining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilar bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil etadilar, ko‘rsatilgan yo‘llar asosida bu hodisalarni (mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida) guruhlarga ajratadilar, saralaydilar va xususiylikdan umumiylikni topishga kirishadilar. Bunday amaliy ishlar yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir.
Tatbiq. Tatbiqiy amaliy ishlar o‘quvchilarni mashg‘ulotda olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan ikki turli bo‘ladi:
1) qisman ijodiy mashqlar;
2) ijodiy mashqlar.
Qisman ijodiy mashqlar o‘rganilgan til hodisalarini qisman yangi sharoitda tadbiq etishni talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy ishlarning tarkibida ma’lum darajada izlanish, ijodiy faoliyat ko‘rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko‘rsatmalar, o‘qituvchi beradigan tavsiyalar yoki uning rahbarligida o‘quvchilar bilan uyushtiriladigan o‘zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy qilib qo‘yadi.
Ijodiy mashqlar esa o‘rganilgan til hodisalarini tamomila yangi sharoitda ijodiy qo‘llashni talab etadigan amaliy ishlardir. Mashq shartidagi noma’lumni izlab topish o‘quvchidan ijodiy izlanishni talab etadi. Yangi o‘rganiladigan til hodisalarini mustaqil ravishda guruhlarga ajratish, berilgan matnning til xususiyatlarini tahlil qilish orqali ma’lum bir yangi xulosaga kelish, o‘qilgan badiiy asarga yoki kinofilmga taqriz yozish, uslub talabidan kelib chiqib matn yaratish kabi ishlar amaliy ishlarning bu turiga kiradi. Ayniqsa, matn yaratash egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning so‘nggi natijasidir.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə