Ning “Matematika o’qitish meodikasi” fanidan


Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida 100 ichida nomanfiy sonlarni nomerlashga o`rgatish



Yüklə 457,87 Kb.
səhifə3/11
tarix27.04.2023
ölçüsü457,87 Kb.
#107174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BS nomerlashga o\'rgatish metodikasi

1.Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida 100 ichida nomanfiy sonlarni nomerlashga o`rgatish
Yuz ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`quvchilar yangi sanoq birligi
o`nlik va o`nlik sanoq sistemasining muhim tushunchasi – xona tushunchasi bilan
tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo‟lish prinsiplarini nomi va yozuvini,
sonlarni og`zaki va yozma nomerlash o`zlashtirishning asosidir. YUz ichidagi
sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni
bittalab gruppalab sanashga o‟rgatish, yuz ichidagi sonlarni o‟qish va yozishga
o`rgatish, bolalarga o`ngdan chapga hisoblaganda birliklar (I xona birliklari) o`nliklar (II xona birliklari) qaysi o‟ringa yozilishini aniqlash, u yoki bu xona birliklari sonlarni yo`qligini qanday belgilashni ko`rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo`shiluvchilarning yig`indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o`quvchilar o`zlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Nomerlashni o`rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11–20 sonlarni va 21–100 gacha bo`lgan sonlarni nomerlash. 20 gacha bo`lgan (11–20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21–100) katta bo`lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga o`xshash: bu sonlarni og`zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`ntalab gruppalashga va sonlarni yozishda raqamlarning o`rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o`nlik sonlarining o`nli tarkibini o`zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida sonlarni o`zlashtirishga tayyorgarlik bosqichi bo`lib xizmat qiladi. Nomerlashni o`rganishda ikkinchi o`nlikni ajratish sonlarning o`nli tarkibini va raqamlarning o`rin qiymati prinsipni yaxshi o`zlashtirishga imkon beradi. 20 ichida so`ngra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish, ushbu reja asosida amalga oshiriladi.
Oldin a) tayyorgarlik; b) og`zaki; v) yozma nomerlash o`rgatiladi. Ikkinchi
O`nlik sonlarini o`rganishga oid ishlar, ya`ni tayyorgarlik ishi “O`nlik” mavzusini
takrorlashda o`tkaziladi. Bunda bolalarga birinchi o`nlik ya`ni 1–10 gacha sonlarning o`zini bilish etarli emasligini, 10 dan katta sonlarni sanay olish ham zarur ekanligini ko`rsatiladi. Bunda predmetlarni o`nlikdan o`tib sanashga oid mashqlar kiritiladi.
Masalan: Sinfning birinchi qatorida nechta o`quvchi bor. II qatorda-chi?
Sinfdagi o`quvchilarning hammasi qancha? Shuningdek, narsalar gruppasini sanash bo`yicha mashqlar (doska yonida necha juft bola bor?) kiritiladi. Xuddi shunday yo`l bilan cho`p donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash, kartonga taqilgan tugmalarni ham juftlab, beshtalab, o`ntalab sanash mumkin. Misol tariqasida ikkinchi o`nlik sonlarining nomini aytishga oid mashqlardan foydalanish ham mumkin. Sanoqda 4 sonidan keyin qaysi son aytiladi? 40 sonidan keyinchi? 7 sonidan oldin qaysi son aytiladi? 17 sonidan oldin-chi? 20ga 1ni qo‟shsak qanday son hosil bo`ladi? Bunday mashqlar o`quvchilarni birinchi o`nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ular ko`pligiga, ularni belgilash, atash hosil bo`lish qatorda kelish tartibida bolalarga tanish bo`lgan sonlar orasida ma`lum o`xshashlik borligiga ishontiradi. Masalan, I sinf 94-, 95- betdagi rasmlar.
Ikkinchi o`nlik sonlarini og`zaki nomerlashni o`rganish bolalarda o`n haqida
tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plarni 10 tadan qilib bog`lab
o`nta bir o`nni hosil qilishni ko`radilar. (94-bet 1-rasm). So`ngra o`ntalik cho`plarni sanash mashqlarini cho`plardan foydalanib, o`nlarni qo`shish va ayirishni bajarib bolalar o`nlarni ham birlar kabi qo`shish va ayirish mumkin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. So`ngra 11 dan 20 gacha sonlarning o`nlar va birlardan hosil bo`lishi, ularni nomi o`rgatiladi.

Yüklə 457,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə