Ning “Matematika o’qitish meodikasi” fanidan


Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida 100 ichida nomanfiy sonlarni o`qish va yozishga o`rgatishda xona birliklari bilan tanishtirish



Yüklə 457,87 Kb.
səhifə8/11
tarix27.04.2023
ölçüsü457,87 Kb.
#107174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BS nomerlashga o\'rgatish metodikasi

3.Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida 100 ichida nomanfiy sonlarni o`qish va yozishga o`rgatishda xona birliklari bilan tanishtirish
Didaktik o’yinlardan foydalanish.
Bizga malumki, amalda bolalarning quyidagi o’yinlari mavjud: ijodiy harakatli , didaktik, predmetli, ijrochilik. Bolalar bu o’yinlarning hammasiga (vaqti bilan ) qatnashib, qoniqish hosil qiladilar. Bolaning o’yin faoliyati o’quv jarayoning biror ko’rinishida namoyon bo’libgina qolmasdan , balki o’qitish metodi hamdir. Matematik mazmundagi didaktik o’yinlarni tashkil etishda metodikaning quyidagi masalalari haqida o’ylashga to’g’ri keladi.
«Adashmayman » o`yini. Bu oyinda bolalar doira shaklida tizilib turadilar. O`qituvchi o`yinda ishtiroq etayotgan o`quvchilardan biriga yaqinlashib tegadi va signal bo`yicha bola boshlaydi, 1… boshqalari esa hisoblashni 2, 3, 4, 5, 6 deb davom ettiradi va navbatdagi yitti sonining o`rniga “Adashmayman” so`zini aytadi navbatdagi o`quvchi 8 keyingilari 9, 10 , 11, 12, 13 deb sanashni davom ettiradi. Bunda faqat 7ga bo`linadigan sonlar o`rniga navbatdagi bola “Adashmayman” so`zini aytadi. Shunday qilib 70 gacha davom etadi. Hisoblashda adashgan bola (o`quvchi ) doirada ( safdan ) chiqadi. Belgilangan vaqtgacha doirada qolgan o`quvchilar yutgan hisoblanadi. “Adashmayman” so`zini boshqa sonlar o`rnida ham ishlatish mumkin. Bu esa o`qituvchining qanday bo`lish jadvalini mustahkamlashni nazarda tutishga bog`liqdir.
DARS ISHLANMA.
Sinf :1
Mavzu: Sonli ifodalar
Darsning ta’limiy maqsadi:
a) 11 dan 100 gacha bo'lgan sonlar haqida egallagan bilimlarini puxtalab borish;
b) Geometrik shakllar hayotimizdagi o'rnini yoritish maqsadida, turmush bilan bog'lab olib borish orqali, matematika fanining elementar tushunchalarini o'zlashtirib olishlariga qiziqishini orttirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi; Markaziy Osiyo mutafakkir va ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o’g’it va nasihatlarni o’rgatib, ularga amal qilishni uqtirish.

Yüklə 457,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə