Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 95,33 Kb.
səhifə4/17
tarix06.04.2022
ölçüsü95,33 Kb.
#85096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti

II. Asosiy qism.

II.1 Oltingugurt haqida umumiy ma’lumot.

16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Qadimgi yunonlar oltingugurtni "Tion" deb nomlashgani tarixiy manbalarda qayd etiladi. Tarkibida oltingugurt mavjud bo‘lgan kimyoviy birikmalarning nomlanishida "-tio" qo‘shimchasi mavjudligi aynan shu fakt bilan bog‘liq.

Davriy jadvalda oltingugurt shundoqqina kislorodning tagidagi katakchada joylashgan. Oltingugurt atomlari ko‘p hollarda o‘zini xuddi kislorod bilan o‘xshash tarzda tutadi. Lekin, tashqi ko‘rinishidan bu ikki element hech qanday umumiylikka ega emas. Siz yaxshi bilasizki, kislorod bu - rangsiz va hidsiz gaz. Oltingugurt esa yorqin sariq rangli qattiq moddadir.

Oltingugurtning bir necha xil allotropik shakllari mavjud. Masalan, erib turgan oltingugurtni sovuq suvga to‘kib yuborilsa, qo‘ng‘ir tusli elastik tolalar hosil bo‘ladi. Ushbu moddani plastik oltingugurt deyiladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday plastik oltingugurt ham asta-sekinlik bilan biz yaxshi taniydigan sariq oddiy oltingugurt qayta aylanadi.

Kislorod, oltingugurt va ushbu guruhga mansub boshqa elementlarni kimyogarlar ba'zan xalkogenlar deb ham yuritishadi. Mazkur nomning kelib chiqishi yunonchadagi "mis tug‘diruvchi" degan so‘z bilan bog‘liqdir. Haqiqatan ham, ko‘plab metallarning rudasi, shu jumladan mis rudasi ham, odatda mazkur metallning yoki kislorod bilan, yoki oltingugurt bilan birikmasi ko‘rinishida bo‘ladi.

Tabiatda sof holdagi oltingugurt Italiyaning Sitsiliya orolida, AQSHning Luiziana va Texas shtatlaridagi konlarda mo‘l uchraydi. Ushbu konlarda oltingugurt odatda suyuq holda qazib olinadi. Chunki, shunisi qulayroq. Kondan oltingugurtni suyuq holda qazib olish jarayoni muhandislikda Frash jarayoni deb nomlanadi. Bunda, oltingugurt qatlamlari joylashgan chuqurliklarga burg‘ulash orqali ikkita tuynuk ochiladi va tuynuklardan biri orqali ichkariga qaynab turgan suv bosim ostida haydaladi. Bilasiz, suv 100 °C da qaynaydi. Oltingugurtning erib, suyuqlanishi uchun 113 °C kerak bo‘ladi. Oradagi 13 °Cfarqni yer qa'riga bosim bilan kirib borayotgan suvning shiddati hosil qilib beradi va natijada, ichkaridagi suvning harorati oltingugurtning eritishga yetarli bo‘lib kirib boradi. Erib, suyuqlangan oltingugurt boshqa bir, ya'ni, ikkinchi tuynukdan so‘rib olinadi.

Oltingugurtni odatda ikki xil ko‘rinishda uchratish mumkin. Agar oltingugurtni qaynatib, bug‘lanib chiqayotgan qismini biror sovuq yuza bilan ta'sirlashishiga sharoit yaratib berilsa, oltingugurt bug‘lari kukun shaklida qaytib tushadi va biz yaxshi taniydigan, odatda uzumni zararkunandalardan himoya qilish uchun ishlatiladigan oltingugurt kukuni hosil bo‘ladi. Agar, qaynab suyuqlangan oltingugurtni o‘z holiga qo‘yib, o‘zi tabiiy sovishini kutilsa, natijada oltingugurt qumoq-qumoq bo‘lib to‘planib, oltingugurt kesaklarini hosil qiladi.

Oltingugurtning Yer qa'rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi.

Oltingugurt kesagi bilan bog‘liq noxush bir taassurot mavjud. Gap shundaki, XIX asrning oxirlarigacha ham odamlar xonalarni dezinfeksiya qilish uchun oltingugurtning shunday qumoqlarini tutatib yoqishar edi. Oltingugurt yonish jarayonida zangori va shitirlab ovoz chiqaruvchi olov hosil bo‘ladi. Bu jarayonda oltingugurt havodagi kislorod bilan birika boshlaydi va oltingugurt dioksidi (SO2) hosil qiladi. Oltingugurt dioksidi nomidan ham ma'lumki, bitta oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan iborat bo‘ladi. U keskin o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘ladi. Xonani dezinfeksiya qilish uchun oltingugurt qumoqlari tutatilganda, xonani albatta oltingugurt dioksidining mazkur o‘tkir noxush hidi qamrab olardi va u odamlarga juda yomon ta'sir qilardi. Lekin, o‘sha zamonlarda odamlar shunga chidashga majbur edilar. Chunki, ulardan kasallar yotgan xonani zararsizlantirish uchun boshqa samaraliroq usul bo‘lmagan. Oltingugurt dioksidi qanchalik sassiq bo‘lmasin, lekin, sof holdagi oltingugurt o‘zi hidga ega emas.

Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil bo‘ladi. Oltingugurtni har doim ham odamlar o‘zi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa'rida oltingugurt miqdori anchagina ko‘p ekanini eslab o‘tgandik. o‘sha chuqur yer qatlamlarida to‘planib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, ya'ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bo‘lsa, vulqon faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa'ridan ham atmosferaga ko‘tarila boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining o‘tkir hidini darhol payqash mumkin.

Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa ko‘plab birikmalari mavjudki, ular ham hidining xushbo‘yligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli barcha birikmalari qandaydir sassiq, qo‘lansa hidga ega bo‘ladi, yoki, umuman hidsiz bo‘ladi. Ko‘pchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi ham undagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Qo‘lansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda merkaptanlar deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qo‘llagan eng zaharli gazlardan biri xantal gazi deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan. Tarix darsliklarida ushbu gazni "iprit" tarzida qayd etiladi. Uning kimyoviy formulasi esa C4H8Cl2S shaklida keltiriladi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o‘ta bo‘g‘uvchi salbiy ta'sir ko‘rsatib, ko‘rish organlarini ham zararlagan. Uning suyuq holda teriga kelib tushishidan esa, uzoq vaqt qichishib azob beradigan va o‘ta sekin bitadigan yara-shishlar hosil bo‘lgan.

Lekin, ushbu bayon qilinganlar orqali oltingugurt hayot uchun xavfli modda ekan degan xulosa chiqarmaslik kerak. Chunki, oltingugurt hayot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan vitaminlar tarkibida, shuningdek, penitsillinda, sulfanilamid preparatlarida, hamda, maishiy turmushda ishlatiladigan bo‘yoq moddalar tarkibida bo‘ladi. Shuningdek, barcha turdagi tirik to‘qimalarda albatta oltingugurt birikmalari mavjud bo‘ladi.

Yaxshiyamki, odam organizmida mavjud bo‘ladigan oltingugurt birikmalari hidga ega emas. Biroq, muayyan sharoitlarda ular ham hidlanib qolishi hech gap emas. Terida, soch tolalarida va qushlarning patida oltingugurt birikmalari ko‘p bo‘ladi. Siz so‘yilgan tovuq, o‘rdak, yoki g‘oz patini kuydirib tozalash jarayonini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. o‘sha kuydirish jarayonida atrofga tarqaladigan hid aynan patlardagi oltingugurt birikmalaridan taraladi. Soch kuyganda ham shunga o‘xshash hid chiqadi va u hid ham sochdagi oltingugurt birikmalari tufayli yuzaga keladi.

Tuxum ham tarkiban oltingugurt va uning birikmalariga boy bo‘ladi. Tuxum eskirgani sari undagi mazkur oltingugurt birikmalari nisbatan sodda molekulalarga parchalandi. Shu jarayonda, tarkibi bir atom oltingugurt va ikki atom vodoroddan iborat serovodorod moddasi hosil bo‘ladi. Serovodorod - aynigan tuxumga shunday qo‘lansa hid beradigan birikmadir. Ya'ni, palag‘da bo‘lgan tuxumning hidi aynan serovodorod tufayli yuzaga keladi.

Hidi o‘ra qo‘lansa va chidab bo‘lmas darajada sassiq bo‘lishiga qaramay, serovodorod birmuncha foydali kimyoviy modda sanaladi. U bilan ishlashda oson bo‘lishi uchun kimyogarlar serovodorodni suvda eritishadi. Suvda erigan serovodorod boshqa ko‘plab atomlar bilan birikishi mumkin va bunday birikish jarayonidan sulfidlar deb ataluvchi alohida turkum kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Sulfidlarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning o‘zini tutishi ham turli-tumandir. Ulardan ayrimlari oddiy suvda ham erishi mumkin; boshqalarini eritish uchun esa kuchli yoki kuchsiz kislotalar zarur bo‘ladi. Kimyogarlar notanish muayyan moddaning nimadan tarkib topganini aniqlash uchun, unga serovodorod bilan ta'sir ko‘rsatib ko‘rishadi. Bunda, serovodorod bilan ta'sir ko‘rsatilgach Sulfidlarning o‘zini qanday tutishini kuzatiladi. Bu kimyoviy tahlil usullari ichida keng tarqalgan usullardan biri sanaladi.

Serovodorod orqali kimyoviy tahlil usuli ushbu sohadagi eng sodda va oson o‘rganiladigan usullardan biri bo‘lgani uchun, kollej va institutlarning kimyo laboratoriyalarida odatda ushbu modda hidi anqib turadi.

1839-yilda AQSHlik Charlz Gudir tasodifan, oltingugurt va rezina aralashmasini qizib turgan tancha ustiga to‘kib yuboradi. U to‘kilib ketgan mazkur aralashmani sidirib olar ekan, rezina avvalgidan ko‘ra yanada elastik bo‘lib qolgani, boz ustiga, hamon o‘zining suv shimmaslik xususiyatini saqlab qolganini payqadi. Shu tarzda, Charlz Gudir biz hozirda vulkanizatsiyadeb ataydigan jarayonni kashf qilgan edi.

Tabiatda erkin holda uchraydi. Oltingugurtning Italiya, AQSh, Yaponiya, Rossiyada katta konlari bor.

FeS – temir kolchedani; ZnS – rux aldamasi; РbS - qo’rg’oshin yaltirog’i; Вi2S– vismut yaltirog’i; СаSO 2H2O – gips;   ВаSO4;   MgSO• 7H2O;

  Na2SO• 10H2O glauber tuzi ko’rinishida birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt neft, toshko’mir, o’simlik va hayvonlar tarkibida bo’ladi.

Oltingugurtning bir qancha allotropik shakl o’zgarishlari bor.Odatdagi sharoitda  mo’rt sariq rangli kristallar hosil qilib, 112,8oC da suyuqlanadi, =2,07 g/sm3. Suvda erimaydi, lekin CS2, benzolda eriydi. Rombik oltingugurt. 95,6оC dan past haroratda barqaror. U oktaedrik romb holida kristallanadi.

Monoklinik yoki prizmatik oltingugurt. 95,6оC dan yuqori haroratda uzun ignasimon kristallar holida bo’ladi.

119oC da oltingugurt suyuqlanadi. 160оCda jigarrangga kiradi, 250оC dan oshganda uning qovushqoqligi kamayadi. 400оC da harakatchan, 446,6оC da qaynatdi.

Agar oltingugurt kuchli qizdirib, keyin birdan sovutilsa, idishning tubida jigar-sariq yumshoq oltingugurt hosil bo’ladi, u kauchukka o’xshab cho’ziladi. Shunday oltingugurt plastik oltingugurt deyiladi. Plastik oltingugurtning amorf shakl o’zgarishi hisoblanadi.

Oltingugurt past haroratda S8 holida bo’ladi. Harorat oshirilsa uning molekulyar massasi kamayadi. Oltingugurt bug’larida S8, S6,(500oC), 1000oC da S2 va 20000C da S holida bo’ladi. S8  molekulasi “toj” shakliga o’xshash ko’rinishda bo’ladi:

 

Tabiiy izotopda massa sonlari: 1632S (95,02%), 1633S (0,75%), 1634S (0,02%).




Yüklə 95,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə