Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 149,62 Kb.
səhifə10/14
tarix30.12.2022
ölçüsü149,62 Kb.
#98066
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix f

Birinchi bob bo’yicha xulosa
Tarbiya jarayoni qanday jarayon? Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir.
"Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidur" A.Avloniy
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi hamda xalq ta'limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog'liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi.
Tarbiya o'z-o'zini tarbiyalash o'z-o'zini qayta tarbiyalash shakl, metodlar, uni boshqarish ijtimoiy buyurtma maqsad, pedagogik shart-sharoitlar shaxsni shakllantirish jarayoni tarbiya jarayonining umumiy mohiyati O'z-o'zini qayta tarbiyalash shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo'qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi "og'ish"lar oiladagi nosog'lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo'l qo'ygan xatolari, o'qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, sharoit o'zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. a)yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg'otish; b)o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish; c)umuminsoniy axloq me'yorlari (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o'quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
d) ekologik dostlik, ekologik dostlik, etika, hurmat va sog'lom fikr normalari va huquqshunoslik kabi tuigusi, Idtimoy burchga, qaror qabul qilish uchun mas'ul; f) mavzaga keltirish, topisha tarkibiga mas'ul; f) ichki va xalqaro tuigustarlik, millatni shakllantirish, millati va millati viloyat raisining o'rinbosari Abduraxmon Kodiriy va Sugd viloyati raisining o'rinbosari Abduraxmon Kodiriy va Sugd viloyati raisining o'rinbosari Abduraxmon Kodiriy va Sugd viloyati raisining o'rinbosari Abduraxmon Kodiriy va Sugd viloyati raisining o'rinbosari Abduraxmon Kodiriy va Sugd viloyati raisining o'rinbosari Abduraxmon Kodiriy va Sugd viloyati raisining o'rinbosari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish; h) qadr-qimmati, qadr-qimmati, qadr-qimmati, qadr-qimmati va qadr-qimmati bilan yuksak qadrlanadigan inson.
Ijtimoiy tarbiya yo'nalishlari axloqiy tarbiya aqliy tarbiya jismoniy tarbiya estetik tarbiya ekologik tarbiya iqtisodiy tarbiya huquqiy tarbiya g'oyaviy-siyosiy tarbiya
Axloqiy tarbiya axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o'quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me'yorlar (talab va ta'qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
Aqliy tarbiya aqliy tarbiyani yo'lga qo'yish chog'ida - o'quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqa-rashini rivojlantirish;
Jismoniy tarbiya jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o'quvchilarni o'z sog'liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g'amxo'rlik qilish tuyg'usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to'rlari borasida ko'nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o'quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, Iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
Estetik tarbiya estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o'quvchilarda estetik his-tuyg'u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go'zallikni sevish, go'zallikka intilish tuyg'ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
Ekologik tarbiya ekologik tarbiyani olib borish chog'ida – o'quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o'quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o'rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mashuliyat bilan munosabatda bo'lish, tabiatni asrash to'g'risida g'amxo'rlik qilish kabi tuyg'ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish;
Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to'ldirish, kichik va o'rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko'paytirish borasida qayg'urish tuyg'ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
Huquqiy tarbiya huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o'quvchilarga davlat Konstitusiyasi, davlat haqidagi ta'limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo'jalik, ma'muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me'yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega bo'lishlarini ta'minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish;
G'oyaviy-siyosiy g'oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o'quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o'rganishni ta'minlash asosida o'quvchilarda siyosiy faoliyat ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo'yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g'oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi jadvalda aks etgan.
Tarbiya maqsadining aniqligi bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati o'z-o'zini anglash jamoa yo'nalishi tarbiyaning shaxsga yo'naltirilganligi ixtiyoriylik tarbiya mazmuni tarbiya tamoyillari
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g'oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma'lumki. Shaxs ma'naviy-axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o'zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta'sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo'lishi lozim.
Tarbiya qonuniyatlari
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo'lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo'lib kelgan.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo'yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.

Yüklə 149,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə