Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 149,62 Kb.
səhifə12/14
tarix30.12.2022
ölçüsü149,62 Kb.
#98066
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix f

NATIJALAR VA MUHOKAMA
Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni – o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o‟quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‟quvchining ongiga (ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta‟sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e‟tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A) O‟quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo‟qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo„lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g’oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o„quvchilarda mustaqil fikrlash, og’zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g’oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o’rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo’ladi. Ma'lumki, ta'limda ilg’or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o’quv mashg’ulotlarining samaradorligini oshiribgina
qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo’llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topish, mustaqil o„rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo’llanmoqda.

Yüklə 149,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə