Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix07.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdullayev Azizbek Akromjon o\'g\'li Jahon tarixi 44


partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq 
fronti umumiy hisobda 57% ovoz to'plab, g'olib chiqdi. Xalq fronti hukumati 
Sotsia1istik partiya yetakchisi Leon Blyum (1872-1950) rahbarligida Fransiyada 
inqirozning yangi bosqichi boshlanayotgan bir paytda ish bosh1adi. Shunga 
qaramay, u o‘z dasturini amalga oshirish va bergan va' dalarini bajarish borasida 
juda katta ish1arni amaIga oshirdi. 1936-yi1 yozi davomida parlament XaIq fronti 
dasturiga mos keIuvchi 100 dan ortiq qonun1arni qabul qi1di. Fashistlarning 
tashki1otlari taqiqlandi. O'z va'dalariga muvofiq, hukumat parlament orqali uchta 
qonunni o'tkazdi: 40 soatIik ish haftasi to'g'risidagi qonun, ikki haftalik haq 
to'lanuvchi ta'tillar to'g'risidagi qonun va jamoaviy shartnomaIar to'g'risidagi 
qonun. Xizmatchilarning maoshlari va nafaqalar oshirildi. Ishsizlik bo'yicha 
nafaqaga sol iq solinishiga barham beri1di. IshsizIar uchun jamoat ish1ari tashki1 
qi1ina boshlandi. Aholining o'rta tabaqalari ahvoli ham yaxshilandi. Hukumat 
sanoat, savdo va qish1oq xo'jaligi sohasidagi korxonalarning qarz to'lash 
muhlatlarini kechiktirdi va bu bi1an ming1ab mayda ish1ab chiqaruvchi1arni 
kasodga uchrashdan asrab qoIdi. Mayda korxonaIardan olinuvchi soliqIar miqdori 
kamaytirildi, yirik korxonaIardan olinuvchi soliqIar esa oshiri1di. Fransiya banki 
va qator harbiy zavodlar davlat tasarrufiga o'tdi. 1937-yi1da Temir yo'llar milliy 
jamiyati tuzilib, uning qo'l ostiga mamlakatdagi barcha temir yo'llar o'tkazi1di. 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, Fransiyada ham iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solish joriy qilina boshlandi. 
Xalq fronti hukumati o'z qonunlarini amalga tatbiq etishda juda katta 
qiyinchiliklarga to'qnash keldi. Davlatda pul yo'q, demakki, tadbirkorlarni qabul 
qilingan qonunlarni bajarishga majbur qilish uchun mablag' ham yo'q edi. 
Hukumat nisbatan yengil yo'lni tanladi -u Fransiya valyutasi bo'lgan frankni
1.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 
2.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet 



fransuz xalqining barcha ijtimoiy yutuqlarini yo'qqa chiqargan holda 30% ga 
devalvatsiya qildi. 1937-yil fevralida L. Blyum mamlakatning og'ir moddiy 
ahvolini bahona qilib, Xalq fronti dasturini bajarishda tanaffus e'lon qilish tak1ifini 
kiritdi. U kuch to'plab, so'ng yutuqlarni mustahkamlash uchun «nafas rostlash» 
lozimligini uqtirdi. Bu aholining noroziligiga sabab bo'ldi. 1937-yil iyunida Blyum 
iste'fo berdi. 
Reaksion kuchlar Xalq fronti hukumatiga qarshi ochiq faoliyatini xalqqa qarshi 
yo'naltirishga urindilar. Ular davlatning ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarini 
qisqartirishga erishdilar, hukumatning moddiy ahvolini og'irlashtirishga qarati1gan 
qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Hukumat tamaki mahsulotlari, gugurt, spirtli 
ichimlik1ar, pochta-telegraf va temir,yo'l tashuvlariga yangi soliqlar belgilashga 
majbur bo'ldi. Xalq frontining yangi hukumati Shotan hukumati yangi 
devalvatsiyani amalga oshirdi. Ikki devalvatsiya natijasida Fransiyada yashashning 
qiymati 1936-yil maydan 1937-yil dekabrgacha 40% ga qimmatlashdi. Xa1q fronti 
obro'siz1andi. Uning saflarida parchalanish yuz berdi. Eduard Daladye 
boshchiligidagi guruh Xalq fronti partiyalari bilan orani uzish va o'ng reaksion 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə