Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix07.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdullayev Azizbek Akromjon o\'g\'li Jahon tarixi 44

 
 
 
 


32 
 
 
XULOSA 
Ushbu davr falsafa rivojida keskin o‘zgarishlarga boy bo‘lgan. Yangi va 
Eng yangi davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta‘limotlarini taklif 
etishgan. Neotomizm va diniy modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm 
Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan zamonaviy katolik falsafasining asosiy 
oqimlaridan biri bo‗lib hisoblinadi. 1879 yilda u Vatikanning rasmiy doktrinasi 
maqomiga ega bo‗lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik ―yangilanishi‖ ga 
sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi. 
Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va 
metafizikaning ajralmas bog‗liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo 
va olamning o‗zaro munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy 
taraqqiyot sohasida ―kapitalistik individualizm‖ va ―marksistik kollektivizm‖ 
oralig‗idagi ―uchinchi yo‗l‖ bo‗ylab harakat qilish zarurligi ta'kidlab o‗tiladi. 
Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni hozirgi zamon 
madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent 
g‗oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning 
taniqli vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar 
de Sharden (1881-1995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo‗lib, bu ta'limot diniy 
modernizmning bir ko‗rinishi hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni 
sintez qilishga urinish bor. 
Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari 
surgan va ularni o‗z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. 
Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‗ladigan daraxtga qiyoslash mumkin
har bir shox o‗z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‗lib, ular boshqalarini 
takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‗nalishlar qancha ko‗p 
bo‗lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‗zaro aloqadorligi, inson va 


33 
jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson 
madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq 
tushunishga imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‗nalishlarni o‗zida 
birlashtirdi va o‗tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda 
murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar 
shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‗ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli 
va metodologik jihatdan turli tumanligidir. 


34 
Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda ro’yxati:
1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi 
davrlardanmilodning asrigacha).T.:‖O‘qituvchi‖.2001. 
2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 1999. 
3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ‖O‘qituvchi‖.2001. 
4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ‖O‘qituvchi‖.2001. 
5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 1999. 
6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 
7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet 
 
 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə