Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix07.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#108907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdullayev Azizbek Akromjon o\'g\'li Jahon tarixi 44


partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard 
Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal-
sotsialistlarning 1938-yil oktabrida Marselda bo'lib o'tgan syezdida Xalq frontidan 
ajralish to'g'risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi. Xalq 
frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo'l ochdi 1938-yil 10-apreldan 1940-
yil 18-maygacha hokimiyatni boshqargan E. Daladye hukumati davridayoq 
Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga 
barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. 
Tadbirkorlar oz miqdorda haq to'lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy 
qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy 
himoya xarajatlari qisqardi. Mayda korxonalarga solinuvchi soliqlar miqdori 13
1.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 
2.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet 


10 
baravar 
oshirildi, 
yirik 
korxonalarga 
solinuvchi 
soliqlar 
esa 
kamaytirildi. Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob 
berdilar. 1938-yil 30-noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. 
Hukumat qo'shinlarni safarbar qildi, askarlarga jangovar o'qlar tarqati1di. Hukumat 
va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o'ch 
oldilar. Ko'plab zavodlar yopildi, 1,5 mln. kishi ishdan bo'shati1di, minglab 
ishchilar qamoqqa olindilar. E. Daladye hukumati ―milliy xiyonat‖ hukumatiga 
aylandi. Ostonada esa dushman -birinchi imkoniyat tug'ilgandayoq Fransiyani 
bosib olish niyatini hech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi. 

Xiyonat, xo'rlanish va mag'lubiyatlar yo'li Fransiya tashqi siyosatini bu 


davrda Frnasiya yirik sarmoyasl bilan yaqin aloqada bo'lgan, reaksion va 
fashistlarga tarafdor qarashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat 
arboblari belgiladilar. Bular 1931-yil yanvardan 1932-yil fevralgacha, 1935-yil 
iyundan 1936-yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo'lgan P. Laval, 1934-yil 
oktabrdan 1936-yil yanvargacha tashqi ish1ar vaziri lavozimida ish1agan P. 
Tardye, E. Daladye, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada 
gegemonligi qaror topishiga ishonchi yo'qolgan bu davlat va siyosat arboblari 
Germaniya va Italiya fashistlari bilan ti1 biriktirish yo'liga tushdilar, shu tax1it ular 
bilan to‘qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan 
urush g‘oyasini ilgari surdilar. 
Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934-yil fevral voqealari 
va Xalq frontining 1936-yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarashlarni yanada 
mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar bosh1ashga da'vat etdi. Ularning 
mi11atga qarshi qarash1ari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko'tarildi. 
Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi 
ti1 biriktirishdan iborat bo'ldi. Gitler ekspansiyasi fao11igini Sharqqa yo'naltirish 
Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940-yilda Fransiya bu 
siyosati uchun harbiy mag'lubiyat. va mil1iy mustaqillikni boy berish bilan haq 
to'ladi.Fransiya hukmfon doira1arining bir qismi fashistlar Germaniyasini 


11 
Fransiyadagi mavjud tuzumni saqlab qolishning kafolati deb hisobladilar. Bunday 
siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini 
amalga oshirishi uchun yo'l ochib berdilar. Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi 
sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-
asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 
a. oʻrtalaridagi A. Grebanning „Xudo ehtiroslari misteriyasi―dir. 1599-yildan 
professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi 
edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, 
M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634-yil „Mars― teatri ochildi. P. Kornel, 
J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa 
qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan „Komedi Fransez― teatrida (1680) 
aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom 
ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. 
Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va 
J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 
1791-yil „Teatrlar erkinligi haqida dekret―dan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. 
„Komedi Fransez― teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. 
Gyugoning „Ernani― dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea 
boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848-yildan qahramonlik 
mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi „onangni ami― nomli 
dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz 
sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. „Erkin teatr― va 
„Antuan teatri― asoschisi, „Odeon― teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz 
davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-yil J. Rushe tomonidan 
„Teatr dez Ar― tashkil etildi. 1926-yil toʻrt buyuk rejissor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. 
Juve va J. Pitolar ittifoqi — „Kartel― tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, 
Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, 
J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida 
demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. 
Ikkinchi jahon urushi-yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari 


12 
deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan 
„Komedi Fransez―ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissorlardan J. L. 
Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 
2yarmi — 50-yillar 1-yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari 
tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa 
shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi 
markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, 
D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz 
inkilobiga bagʻishlangan „1789― va „1793― teatrlarining tashkil topishi Fransiya 
teatri hayotida katta voqea boʻldi. Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va 
rejissor J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda 
„Kompani Reno—Barro― truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini 
targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida „absurd teatri― katta oʻrin egalladi. 
20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 
1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa 
qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, „Grandopera―, „Komedi Fransez―, 
„Odeon― va „Shayo― milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. 
Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi 
rejissorlar mashhur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr 
guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. „Komedi 
Fransez― teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954-yil tashkil etilgan 
„Xalqlar teatri―da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi. 
Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning 
dastlabki asarlari (xronikal syujetli „Poyezdning kelishi―, „Bolani emizish―, 
„Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi― filmlari) 1895-yil 28-dekabrda Parijda namoyish 
etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish 
ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning „Film d‘ar― firmasi kinoga 
mashhur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. 
Gans urushga qarshi ruhdagi „Men ayblayman― pamfletini, rejissor A. Antuan esa 
bir qancha filmlar („Yer―, 1921; „Arlezianlik ayol―, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon 


13 
urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va 
kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va 
amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak 
„Avangard― harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar 
qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) 
va „Yangi janoblar― (1928, rejissor J. Feyder), „Nana― (1926) va „Kichik gugurt 
sotuvchi― (1927, rejissor J. Renuar), „Somon shlyapa― (1927, rejissor R. Kler)]. 
1930-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar 
oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati 
bilan bogʻliq; „Oktabr― va „Erkin kino― uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun 
„Marselyeza― (1938, rejissor R. Renuar), „Buyuk sarob― (1937, rejissor R. 
Renuar), „Oxirgi milliarder― siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), „Ahil 
kompaniya― (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon 
urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va 
jasoratga chorlovchi „Kechki mehmonlar―, „Osmon sizlarga tegishli― kabi 
filmlarni yaratdilar. 1944-yil „Parijni ozod etish― filmi chiqarildi. „Rayka bolalari― 
filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks 
ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissor R. Klemanning „Relslar 
ustidagi jang― filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. 
Shu davrda yaratilgan mashhur filmlar: „Parma ibodatxonasi― (1948, rejissor 
KristianJak), „Qizil va kora― (1954, rejissor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal 
asarlari asosida), „Tereza Raken― (1953, rejissor M. Karne), „Jerveza― (1956, 
rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), „Oʻlimga mahkum qilingan 
qochdi― (1956, rejissor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. 
Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashhur. 50-
yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. 
Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi 
kurash mavzusidan topdilar. „Kun va soat― (1963), „Parij yonyaptimi?― (1966) 
filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy 
mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. 


14 
Tatining „Bayram kuni― (1949), „Mening amakim― (1958), Kristian Jakning 
„FanfanTyulpan― (1952), „Qonun — bu qonun― (1958), P. Eteksning 
„Ohtortuvchi― (1963), „Yoyo― (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya 
kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning „Qizil shar―), P. Grimoning 
multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashhur. 70yillar oʻrtalariga 
kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil 
ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashhur 
aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, 
A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, 
A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va 
nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. 
Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil 
tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 
1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi.
1.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 


15 
2.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə