Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix30.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#114161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Nurmetova Nafosat

Kurs ishining maqsadi
. Boshlang’ich sinf matematika darsligi bilan tanishib 
chiqish, o’rganish va ularni tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti
. Boshlang’ich sinf matematikasiga oid o’quv materiali 
mazmuni, o’qitish metodikasi va uni o’zlashtirish jarayonlari.
Kurs ishining predmeti
. Boshlang’ich sinf matematikasiga oid o’quv 
materialini o’rganishda texnologik yondashuvga asoslangan usullarini topish.
Kurs ishining tuzilishi
. Ish kirish, 2 ta bob, boblarga tegishli paragraflardan, 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



 
I BOB Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi 
1.1 Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari 
Miqdor haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishda hajm va massa bilan 
tasvirlanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. Idishlarning sig‘imi va 
“litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy 
tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
2
“Litr” darsiga tayyorgarlik davrida bolalarda narsalarning hajmiy hossalari 
haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradigan mashqlarni kiritish lozim. 
1.Qaysi shar katta 
2.
Bolalar qumli maydonchada o‘ynashmoqda. Qoliplardan figuralar 
yasashmoqda. (Qoliplar ko‘rsatiladi). Qaysi qolipga ko‘proq qum sig‘adi? 
3.
Choy va osh qoshiqlarda bir stakan qum o‘lchab ol. Nega bir xil miqdordagi 
qum turli sonlar bilan ifoda qilindi? O‘lchovlar soni o‘lchovning o‘ziga qanday 
bog‘liq? va hakazo. “Litr” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz. 
O‘qituvchi: Oldingi darslarda biz sochiluvchan narsalarni o‘lchagan edik. 
SHunday o‘lchovlarning o‘zidan suyuqliklarini o‘lchashda ham foydalanish mumkin. 
Siz qanday suyuqliklarni bilasiz? O‘quvchilar: suv, sut, sho‘rva, qatiq, qaymoq, 
benzin, kampot, ... 
O‘qituvchining misolida ikkita manzara bor. Biri keng ikkinchisi tor. Ikkisida 
ham suv satxi bir xil. Ikkita o‘lchov stakanchalar ham bor. Ular 1 va 2 bilan 
nomerlangan. O‘qituvchi: qaysi idishda suv ko‘pligini qanday isbotlash mumkin? 
O‘quvchilar: ikkinchi idish kengroq, unda suv ko‘p. O‘qituvchi shakli har xil 
ikkita idish qo‘yadi, ulardagi suyuqlik satxi bir xil. 
2
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan fakultativ darslarni tashkil etish mеtodikasi. 
Toshkеnt. “TDPU”, 2005 yil. 



O‘qituvchi: endi qaysi idishdan suv ko‘proq? O‘quvchilar chamalay 
boshlaydilar, o‘qituvchi ularni o‘lchov stakanchani olib o‘lchash kerak degan 
hulosaga olib keladi
6

Bir idishda 5 ta o‘lchov, ikkinchi idishda esa shunday 3 ta o‘lchov borligini 
aniqlaymiz. 
Xulosa qilinadi. Keyin o‘lchashlar ikkinchi o‘lchov bilan takror amalga 
oshiriladi. (0›0). Xulosa qilinadi. Keyin o‘lchashlar ikkita o‘lchov bilan o‘tkaziladi. 
Birinchi idishdagi suv miqdori katta o‘lchov bilan, ikkinchi idishdagi suv miqdori esa 
kichik o‘lchov bilan o‘lchanadi. O‘lchash natijalari qarama-qarshi xulosaga olib 
keladi. Buni muhokama etib, bolalar idishlardagi suyuqliklarning miqdorini o‘lchash 
uchun bitta o‘lchovdan foydalanish kerak degan hulosaga keladilar. 
O‘qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko‘rsatadi va umumqabul qilingan 
o‘lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig‘imini o‘lchash 
uchun zarur bo‘lgan holatlar sig‘imlarini o‘lchash yoki hajmlarini o‘lchash deb 
ataladi. 
So‘ngra suv o‘lchovdan 1 metrli bankaga quyiladi. Nima uchun banka 1 litrli 
deb atalishini aniqlaymiz. Krujka yoki bir litrli banka bilan balonlarga suv quyamiz. 
Ikki litrli va uch litrli ballonlar bilan tanishamiz. 
Bolalar o‘z uylarida limonad va kefir shishalarini ko‘p ko‘rganliklari sababli 1 l 
suv ikkita limonad yoki kefir shishalariga to‘lishini ko‘rsatish foydalidir. Do‘konda 
ba’zi narsalar litrlab sotiladi. Do‘kon o‘yinini o‘ynash foydalidir. Sotuvchi 
haridorlarga sutni (bo‘yagan suv) butilkalarda, kastrulkalarda, chelaklarda sotadi. 
Ko‘z alashni rivojlantiradigan mashqlar foydalidir. (oldin hajm ko‘z bilan 
chamalanadi, keyin esa o‘rganadi). Ikkita idishdagi suyuqlik miqdorlarini 
tenglashtirishga oid mashqlar bolalarda qiziqish uyg‘otadi. 
1. Bir idishda 3 litr suv, ikkinchi idishda 2 litr suv bor. Ikkala idishdagi suv bir 
xil bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (Ikki litrga 1 l quyish yoki 3 l dan 1 l ni olish 
kerak). Ishni ikkita bir xil idishda suv olib, amaliy bajarish kerak. 



2.
Bir idishda 3 l suv, ikkinchi idishda undan 2 l ko‘p suv bor. Ikkinchi 
idishdagi suv 1 l ko‘p bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Bu masalaning turli 
yyechilish usulllarini 
ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi. 
a)
O‘quvchilar 1 idishga 1 l suv quyishni taklif etishadi. Bu usul amalda 
tekshiriladi. O‘lchash natijasida birinchi idishda 4 l suv, ikkinchi idishda 5 l suv bor 
ekan. 5›4.
3
b ) Birinchi idishga 2 litr, ikkinchi idishga 1 l suv qo‘yiladi. 5 ‹ 6 . Bunday 
masalalarni yechish jarayonida sig‘imlarni o‘lchash bo‘yicha zaruriy uquvi 
rivojlanadi. 
3
“ Boshlang’ich ta’lim ”, “ Maktab va hayot ”, “ Ta’lim muammolari ” “Uzliksiz ta’lim “ va boshqa ilmiy – uslubiy 
jurnallar, hamda “Ma”rifar” gazetasi. 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə