Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


 Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix30.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#114161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Nurmetova Nafosat

1.2 Boshlang‘ich sinflarda miqdor tushunchasi 
 
Matematikada 
o‘rganiladigan 
asosiy 
tushunchalardan 
biri 
miqdor 
tushunchasidir. Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, 
figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarni 
asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi 
hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. 
Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi. 
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika 
mashg‘ulotlarining asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va 
voqiylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur hosil qilish uchun 
foydalaniladi.
4
1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va 
ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish 
jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari 
bilan tanishadilar. 
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro 
bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo‘lgan “Miqdor va raqam” 
tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak 
kesib olib, o‘lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi 
uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha 
ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan – (20 dm) yozib qo‘yamiz. 
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, 
miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli 
nomi bilan (20 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur 
miqdorning yana bir raqami ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m). 
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqisda 
mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 
4
Jumayеv M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun ) Toshkеnt. 
“Ilm Ziyo” , 2005 yil



78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni 
shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 
2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-
qayta takidlanishi lozim.Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq 
boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; “385 
va 481 sonlarini qo‘shing”, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” 
kabi. 
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash 
usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy 
bosqichlarni aloxida takidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi O‘qituvchi harbir 
miqdorni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib,o‘quvchilar faoliyatini 
quyidagicha tashkil etish mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə