Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Tikuvchilik buyumlari tikishning asosiy bosqichlari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix19.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
КИ 3.

1.2.Tikuvchilik buyumlari tikishning asosiy bosqichlari. 
 
Kiyim tikish jarayoni 3 bosqichdan iborat: 
1) model, konstruksiya va andazalar tayyorlash;
2) gazlamani tikishga tayyorlash va bichish (ya’ni tayyorlov bichish 
uchastkasidagi ishlar);
3) buyumni tikish va uni bezash. 
Yengil sanoat vazirligi fan-texnika kengashining modalar va kiyimlar 
madaniyati masalalari bo’yicha estetik komissiyasi tavsiyalari asosida kiyim modalar 
uyi yo’nalish beruvchi modalar kolleksiyasini yaratadi va uning korxonada hamda 
savdo tashkilotlariga ko’rsatilishini tashkil qiladi. Kolleksiya ko’rib chiqilgandan 
so’ng korxonalar modellar miqdorini, tavsiya etiladigan razmer va rostlar shkalasini 
va gazlama artiqo’lini ko’rsatib, modalar uyiga kolleksiyani ishlab chiqish uchun 
buyurtma (texnik topshiriq) beradilar. Korxonlarning texnik topshiriqlari asosida 
modalar uyi badiiy texnika kengashi tasdiklaydigan modellar eskizini modalar uyi 
rassomlari yaratadilar. 
Tasdiqlangan eskizlar modalar uyi korxonaning joriy assortiment gazlamasiga 
va tikuvchilik korxonasi planlashtirib, ishga tushirishga mo’ljallangan yangi 
gazlamalarga modellar yaratib beradi. Modellarga yaratilgan konstruksiyalar va 
texnik hujjatlar korxonaga topshiriladi. 
Kiyim tikish jarayoni bosqichlari
model
konstruksiya
andaza
tikishga tayyorlash
bichish
tikish
bezash


Buyumlarni konstruksiyalash ular konstruksiyasini yaratish jarayonidan iborat. 
Konstruksiya buyumning haqiqiy kattalikdagi chizmasi bo’lib, unda qirqimlar 
bo’yicha detallarning tutashish joylari va tikish usullari ko’rsatiladi. 
Texnik hujjatda har bir model uchun tavsiya qilinayotgan razmerlar rost va 
to’lalik o’lchamlari, gazlamaning artiqo’llari, bichish uchun texnik shartlar, andazalar 
yuzasining o’lchamlari va gazlama sarfi normalari, ishlov berish usullari, andazalari 
va tayyor buyumni o’lchash jadvallari, buyumni markalash, o’rash qoidalari 
ko’rsatiladi. 
Andazalar, texnik hujjatlar va modellarning namunalari tikuvchilik fabrikasiga 
keltiriladi. 
Korxonaning eksperimental sexida modalar uyidan olingan modellarning 
namunalari bo’yicha kiyimlar ulgurji savdo yarmarkasida namoyish qilinadi. 
Ulgurji savdo yarmarkalarida savdo tashkilotlari tanlab olgan modellarning 
namunalari ko’plab ishlab chiqarish uchun tikiladigan kiyim namunasi bo’lib 
hisoblanadi. 
Har bir tikuvchilik korxonasida tikish jarayonida kiyim asosan uchta 
uchastkadan: eksperimental sex, tayyorlov bichish uchastkasi va tikuv sexida o’tadi. 
Eksperimental sex xodimlari modelni ishlab chiqarishga tushirishga tayyorlash 
bilan shug’ullanishadi. Yirik tikuvchilik fabrikalarida eksperimental sexlar o’zlari 
yangi modellar yaratish huquqiga ega. 
Fabrika eksperimental sexi xodimlarining vazifalari quyidagilardan iborat: 
modalar uyidan modellar namunalarini, kiyim andazalarini tekshirish, ko’paytirish va 
tayyorlash; andazalarni aralash joylashtirish uchun razmer va rostlarni birlashtirish; 
andazalarning eksperimental yo’l bilan joylashtirish va gazlama sarfi normasini 
aniqlash; trafaretlar tayyorlash; ishlab chiqarishda gazlamadan to’g’ri foydalanishni 
nazorat qilish. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə