Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


 TIKUVCHILIK JIHOZLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix19.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
КИ 3.

1. TIKUVCHILIK JIHOZLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 
1.1.Tikuvchilik jihozlari assortimenti. 
Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil ta’sirlari (issiq, sovuq, nam, chang 
va hokazo) dan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida kiyim deganda o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan 
tayyorlanadigan hamda odamni atrof muhitning noma’qbul ta’sirlaridan asraydigan, 
organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan hamda bezak vazifasini 
o’taydigan har xil narsalar tushuniladi. 
Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi. 
Kishilik jamiyati taraqqiyotini har bir tarixiy bosqichida kiyim shakli o’zgarib turadi. 
U ijtimoiy tuzum, texnika, iqtisodiyot taraqqiyoti talablarini, shuningdek xalqlar 
milliy madaniyatining xususiyatlari, turmush tarzi, badiiy did va an’analarini o’zida 
aks ettiradi. 
Kiyim deganda ichkiyim, ko’ylak va ustkiyim, bosh kiyim, poyafzal, qo’lqop, 
paypoq kabilarning keng kompleksi tushuniladi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatlarda umumevropa kiyimi (erkaklar uchun kostyum 
shim, ayollar uchun ko’ylak, yubka, jaket va boshqa komponentlar) qabul qilingan 
bo’lib, uning asosida turli ijtimoiy jug’rofiy va iqtisodiy xususiyatlardan kelib 
chiqadigan turli tuman shakllar paydo bo’lgan. Umumevropa kiyimidan tashqari 
milliy kiyimlarga ham talab katta. 
Tikuvchilik buyumlari deganda mashiy va ishlab chiqarish kiyimlari, uy-
ro’zg’or buyumlari (dasturxonlar, salfetkalar, sochiqlar, ko’rpa yostiq jildlari) texnik 
buyum va anjomlar (avtomobil yopqichlari, chodirlar, qop, pogonlar va hokazolar) 
tushuniladi.
Tikuvchilik sanoati markaziy ilmiy tadqiqot instituti klassifikasiyasiga ko’ra 
barcha zamonaviy kiyimlar 2 guruhga: maishiy va ishlab chiqarish kiyimlariga 
bo’linadi. 
«Tikuvchilik kiyimlari, atamalar va ta’riflar» GOST 17037-83 ga binoan 
maishiy kiyimlar bu turli maishiy ijtimoiy sharoitlarda kiyiladigan kiyimlardir. 


Maishiy kiyim vazifasiga ko’ra kundalik kiyim, tantanali kiyim, uy kiyimi, 
sport kiyimi bo’lishi mumkin.
Shu GOSTga binoan tikuvchilik buyumlari ust kiyim, ich kiyim, korset 
buyumlari, cho’milish kiyimlari, bosh kiyimlar va kiyimga taalluqli bo’lmagan 
buyumlarga ajratiladi. 
Maishiy ust kiyimlarga kiradigan tikuvchilik buyumlar assortimenti har xil 
bo’ladi. OST 17-771-78 da kiyimlarni quyidagicha bo’lish nazarda tutilgan: kiyilish 
sharoitlarida belgilaydigan kichik guruhlarga; kiyimdgi predmetlarni sanalish 
tartibiga binoan turkumlarga; tikuvchilik buyumlarini jins yosh alomatlariga binoan 
belgilovchi kichik turkumlarga; kiyimni mavsum alomatlariga binoan bo’ladigan 
turlarga; kiyimni ijtimoiy funksiyalarga binoan bo’ladigan tiplarga bo’linadi. 
Ma’lum shaklning va siluet yeng yoqa bichimining va hakozolarni anqlaydigan 
kiyimlar, model konstruksiyasiga bog’lik bo’lib, har bir kiyimning turini belgilaydi. 
Ust kiyim – korset, ich kiyim va kostyum ko’ylak turkumidagi kiyimlar ustidan 
kiyiladigan kiyimdir. Ust kiyimga (GOST 17037-83) palto, kalta palto, plashch, 
pidjak, nimcha, jaket, yubka, ko’ylaklar, xalatlar, bluzkalar, erkaklar ko’ylaklari, 
kombinzonlar va kalta kombinzonlar kiradi. 
KIYIM 
TURLARI 
Ust 
kiyi
m
korset, ich kiyim va kostyum 
ko’ylak turkumidagi kiyimlar 
ustidan kiyiladigan kiyimdir 
Ich 
kiyi
m
korset ustidan yoki bevosita 
odam badaniga kiyiladigan 
kiyimdir 
Bos

kiyi
odam boshini yopib 
turadigan kiyimdir
Plyaj 
kiymla
ri
cho’milishi va quyoshda 
qorayish uchun badanga 
to’g’ridan to’g’ri 
keladigan kiyimlardir 
Korset 
buyumla
ri
tananing ba’zi bir qismlarini tutib turishga va 
shakllantirish uchun bevosita odam tanasiga 
kiyiladigan, shuningdek paypokni tutib turadigan 
kiyimdir 


Ich kiyim bu korset ustidan yoki bevosita odam badaniga kiyiladigan kiyimdir. 
Ich kiyim – ich ko’ylaklar, ostki yubkalar, to’ngi ko’ylaklar, yaktakchalar, bolalar 
ko’ylakchalari va ishtonchalari va pidjamalardir. 
Korset buyumlari – tananing ba’zi bir qismlarini tutib turishga va shakllantirish 
uchun bevosita odam tanasiga kiyiladigan, shuningdek paypokni tutib turadigan 
kiyimdir. Korset kiyimlar bu siynaband, korset, grasiya, polugrasiya, paypoq 
belbog’idir.
Plyaj kiymlari – cho’milishi va quyoshda qorayish uchun badanga to’g’ridan 
to’g’ri keladigan kiyimlardir. Plyaj kiyimlari plavkalar, cho’milish komplekt va 
cho’milish kiyimlaridir. 
Bosh kiyimlar – odam boshini yopib turadigan kiyimdir. Bosh kiyimlarga 
quloqchin-qalpoqlar, furashkalar, soyabonsiz shapkalar, kepkalar, shlyapalar, 
biretlar, shlemlar, pilotkalar, chepchiklar, do’ppilar kiradi. 
Kiyimga tegishli bo’lmagan tikuvchilik buyumlari – ko’rpa yostiq jildlari, 
choyshablar, yostiq jildlari, ko’rpa jildlari, yo’rgaklar, bolalar choyshablari, qavilgan 
ko’rpalar, chakalok konvertlari kiradi. 
Ishlab chiqarish kiyimlari – halq xo’jalik sohasi sharoitlarida kiyiladigan 
kiyimdir. Ishlab chiqarish kiyimlari maxsus, sanitariya, rasmiy kiyimlarga ajratiladi. 
Ishlab chiqarish kiyimi sanoatning barcha sohalaridagi ommaviy kasb 
ishchilari ishlatadi, ishchi tanasini ifloslanishidan asraydigan kiyimdir. Ishlab 
chiqarish kiymlarning asosiy hollariga xalatlar kiradi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə