Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix19.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
КИ 3.

Maxsus kiyim
– ishlab chiqarish kiyimi bo’lib, ishlayotgan kishini xavfli va 
zararli atrof muhit ta’siridan asraydi. 
Maxsus kiyimning asosiy turlari: plash-kurtkalar, kombinzonlar, paxtalik 
kurtkalar, paxtalik shimlar.
Maxsus kiyimlar 1).namdan, 2).radiaktiv moddalardan, 3).kislotalardan, 
4).neft-moydan asraydigan maxsus kiyimlarga, 5).umumiy maxsus kiyimlar, 
6).changdan, 
7).organiq 
erituvchilardan, 
8).issiqdan, 
9).kimyoviy 
zaharli 
moddalardan, 10).ishqorlardan, 11).elektr tokidan asraydigan kiyimlarga ajratiladi. 


Sanitariya kiyimi
mehnat buyumlarini ishlovchidan va ishchini ishlab 
chiqarishdagi umumiy ifloslanishlardan asraydi. Mehnat buyumlarini asraydigan 
texnologik kiyim sanitariya kiyimining bir turi hisoblanadi. 
Rasmiy (forma) kiyim
– harbiylar, maxsus mahkamalar ishchilarining
transport (temir yo’l, aviasiya, taksi, daryo va dengiz floti) ishchilarining va forma 
kiyish mo’ljallangan o’quvchilarning (xunar-texnika bilim yurtlari) kiyimidir. 
Mahkama kiyimlarining asosiy turlari shinel, palto, kostyum, kitel, ko’ylak, bosh 
kiyimlaridir. 
Yil fasliga qarab ishlab chiqarish kiyimi mavsumdan tashqari va qishki kiyim 
kichik guruhlariga bo’linadi. 
Kiyimni tikiladigan gazlamaning tolasiga qarab (jun, shoyi, ip gazlama, zig’ir 
tolali, sun’iy va sintetik materiallardan) ham klassifikasiyalash mumkin. Ko’plab 
ishlab chiqarishda kiyim razmer, rost va to’lalik o’lchamlari bo’yicha tikiladi. 
Razmer ko’krak aylansidan, ba’zi kiyimlar, masalan erkaklar ko’ylagi uchun 
esa bo’yin aylanasining o’lchami bo’yicha aniqlanadi. Kiyim uzunligi gavda bo’yidan 
aniqlanadi. Kattalar kiyimi quyidagi razmerlarda ishlab chiqariladi: erkaklar uchun -
84,88,92, … 128; ayollar uchun -84, 88, 92, …136. 
Kiyim yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab baxorgi-ko’zgi, yozgi va qishki 
kiyimlarga bo’linadi. 
Maishiy kiyim turli maqsadlarda va har xil sharoitda kiyilishi mumkin, ya’ni 
ko’chalik kostyum, uy kiyim, tantanalik kiyim va sport bilan shugullanishga 
mo’ljallangan bo’lishi mumkin. 
Jins – yosh alomatlari bo’yicha kiyim erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga 
ajratiladi. Bolalar kiyimi, o’z navbatida chaqaloqlar (9 oylikkacha), yasli yoshidagi 
bolalar (9 oylikdan 3 yoshlikgacha) maktabgacha bo’lgan guruhdagi bolalar (3 
yoshdan 7 yoshgacha), kichik maktab guruhidagi bolalar (o’g’il bolalar 7 dan 12 
yoshgacha va qiz bolalar 7 dan 11,5 yoshgacha) kiyimlariga bo’linadi. 
Erkaklar va ayollar yoshiga qarab uch xil guruhda kichik, o’rta, katta 
yoshdagilar uchun kiyim ishlab chiqariladi. Ayollar gavdasining bo’ksa aylanasining 
o’lchamiga binoan va qorin qanchalik chiqqanini hisobga olib va erkaklar 


gavdasining bel aylanasiga ko’ra (ko’krak aylanasi bir xil bo’lganda) kattalar kiyimi 
to’rt xil: 1-, 2-, 3-, 4-, to’lalikda ishlab chiqariladi. 
Davlatlar aro katta miqdorda kiyim tovarlarini almashtirilishi munosabati bilan 
UIYeK a’zolari erkaklar, ayollar, qiz bolalar va o’g’il bolalarning razmerlariga 
binoan UIYeK ning standarti ishlab chiqilgan. 
Ayollar va erkaklar kiyimining tovar yorlig’ida razmer ko’rsatkichlari ayollar 
kiyimi uchun bo’y, ko’krak aylanasi, bo’ksa aylanasi o’lchamlarining to’liq 
miqdorida va erkaklar kiyimi uchun bo’y, ko’krak aylanasi, bel aylanasi 
o’lchamlarining to’liq miqdorida ko’rsatiladi. Masalan bo’yi 158 sm ko’krak aylanasi 
100 sm bo’ksa aylanasi 108 sm bo’lgan tipik gavdaga tikilgan ayollar kiyimi uchun 
tovar yorlig’idagi «razmer» qatorida: 158-100-108 deb yozilgan bo’ladi. Bo’yi 170 
sm, ko’krak aylanasi 100 sm, bel aylanasi 88 sm bo’lgan tipik gavdaga erkaklar uchun 
tikilgan kiyimning tovar yorlig’ida «razmer» qatorida: 170-100-88 yozilgan bo’ladi. 
Erkaklar ko’ylagi uchun bo’y va ko’krak aylanasidan tashqari bo’yin aylanasi ham 
razmer belgisi bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib bo’yi 158 sm va 164 sm, ko’krak 
aylanasi 100 sm, bel aylanasi 88 sm, bo’yin aylanasi 41 sm bo’lgan erkaklar uchun 
tikilgan kiyimning tovar yorlig’idagi «razmer» qatorida: 158-164-100-88-41 deb 
yozilgan bo’ladi. 
Bolalar kiymiga razmer ko’rsatkichi bo’lib bo’y va ko’krak aylanasining 
ko’rsatkichining to’liq miqdorlari xizmat qiladi. Masalan, bo’yi 140, ko’krak aylanasi 
72 sm gavdalik qiz bola (o’g’il bola) uchun tikilgan kiyimning «razmer» qatorida: 
140-72 deb yozilgan bo’ladi. 



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə