Nizomiy nomli tdpu qoshidagi akademik litsey xt-1 Guruh talabasi Mansurova Feruzaning adabiyot fanidan tayyorlagan



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə2/3
tarix05.06.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#115584
1   2   3
RABG`UZIY HAQIDA UMUMIY MA\'LUMOT FERUZA

Nuh Alayhissalom

Nuh ibn Malik Manusalx ibn Idris. Onasi oti Shamho binti Anursh erdi. Nuhdin Odamg`a tegi o`n ota erdilar, qamug`lari musulmon erdilar... Nuh mashriqdin mag`ribg`a tegi qamug` xaloyiqqa payg`ambar edi. Bir qarich yer xaloyiqdin xoli yo`q erdi. Bir kesak yerdin uch yuz yuk bo`g`doy chiqar erdi, yuz botmon bo`g`doy bir yillik ozuq bo`lur erdi. Mundog` obdon erkan, tengrini birlaguvchi bo`lmadi. Nuh vaqtindaqi obdonliq qiyomatqa tegi bo`lmag`ay. Aymishlar... Jabroil payg`ambarliq kelturdi. Nuh imoga da'vat qildi: "Kunda chiqib imom kelturing, mavloni birlang, (Ollohni bir deb hisoblang) maning payg`ambarlig`imga iqror qiling. "Kofirlar Nuhni ura boshladilar. Oncha yanglig` urdilar, so`nguklari sindi. Elligi kam ming yil yoki 950 yil da'vat qildi, sekson kishi musulmon bo`ldilar, imom bo`lmadi. Nuh yig`och tikdi. Qirq yilda uch yig`och ulgardi. ...Jabroil Nuhg`a ta’lim berdi. Yig`ochni yorg`u birla yordilar. Suv uza o`rdak yurganin ko`rguzu berdi. Anga o`xshayu kemi yo`na boshladilar. Kofirlar ani ko`rib kula boshladilar. "Emdiga tegi payg`ambar erding, emdi yig`ochchimi bo`ldung? Muni ne qilursen?" "Kemu qilurmen, tebasing`a minib, suv uzra yururmen".


...Nuh aytdi: "To`fon va'dasi qachon bo`lur? Farmon keldi: "Qachon saning tanuring ichinda suv bilgursa ul azob izg`um turur". ...Kemi tamom bo`ldi ersa, Nuhnung kofir elyug`i tanurda etmak pishirurda tanur ichinda suv chiqdi. Kelib, Nuhg`a xabar berdi. Nuh ul sakson kishi mo`min birla kemaga kirdi. Som va Xom va Yofas musulmon erdilar. Suv keldi olti oy kemada erdi, qirq tun-kun yog`in yog`di, yerdin suv chiqdi. Kemadagi sakson kishidin azin olam ichinda hech kim ersa qolmadi. Arab va ajamning otasi Som turur, Xomni Hindistong`a izdi. Somni arab va ajam viloyatig`a izdi. Qamug` turklar Yofas urug`i turur. Ul yuldin turklar aziz va mukarram bo`ldi.




G`azal, Bayt va she'rlar

Bahodiriyyot Mavlono Nosuriddin Rabg`uziy:


Qad ja'at al-azharu ba'da favtiha,


Va g`annat at-tayru bi a'lo savtiho.

Fa unzur ila aassari rahmati-llahi,


Kayfa yuhyi al-arza ba'da mavtiha.

Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro`zi,


Kechdi bahman zamharir qish qolmadi qori buzi.

Kun kelu ming ko`rki ortib tirilur o`lmish jahon,


Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi.

Tong otardi esnayur to`rt bulungdin shamol,ziyo,


Kin tuzar kindik yipor yizlanur yobon yozi.

Yorligi yepgun-bag`ridin obug`i yoshil, qizil,


Orasi butoq, yaburg`oq, tol chechaklar tub tuzi.

O`rlasa bulutlari gulchirar bog`u bo`ston,


Tol yig`ochlar yeng solishur o`ynayurtek ko`y-qo`zi.

Kirshani qor qani englik boqsa tog`lar surati,


To`nliqi tangsuq yipordin Rum xitoy, atlas,chuzi.

Lola sag`roqin icharda sayrar usub sanduvoch.


Turna un tortib o`tarda sakrashur baqlan qo`zi.

Ko`kda o`ynar qo`l solishur qug`u qoz qil qarg`uloch,


Yerda yugurub juft olishur os, tiying, kish, qunduzi.

Tol yig`ochlar minbarinda to`ti qush majlis tutar,


Qumri, bulbul muqri bo`lub un tuzar tun kunduzi.

Yag`iz yer, ko`k mengizlik yashnayur maydon bo`lub,


Og`rushim oytak chechaklar tegrasinda yulduzi.

Huri in ujmoh ichinda yeng solib tahsin qilur,


Yoz uza mundog` g`azallar aymishda Nosir Rabg`uziy.


G`azal

Jilva birla solnu chiqg`an ol yangoqlig` yoni qor,


Ko`zlari yulduz,yuzi kun,olini ko`kning oyidin.

Ko`rsayurman ko`rkungizni ko`rgu bo`lmas ko`zginam,


Ko`rk zakotin berki vojib qilsa ko`rkning boyidin.

Qosh otib ko`nglumni olg`an jon qo`larsiz berayin,


Ul netak oshiq bo`lurkim qytsa ma'shuq ra'ydin.

Nogahon bir qubla qo`lsam o`fqa birla hoyqirar,


Jon berib o`lgay telim ul jumla qilg`in hoyidin.

Rabg`uziy qul Nosuriddin ta’bi turluk so`z tuzar,


Gulchirab usuk o`lay ko`z boqsa quymoch qoshidin.


Bayt

Nahnu banatu toriqi


Tamshiy alan-namariqi
Val misku fil-mag`orifi
Firoqu g`ayri vamiqi
* * *

Bu ko`nglum murodg`a tekinmak tilar,


Telim xalqlar aro o`kunmak tilar.
Kun,oy sajda qilg`ay arig` yuzga man,
Bu kun otdin inib yukunmak tilar.
* * *
Ko`z ko`rgani jamol ul,
Sevmak ani halol ul.
Andog` jamol ko`rubon,
Kim sevmasa vabol ul.
* * *
Sabo istayur,yig`och yeng solur,
Bulut yig`layur, chechaklar kular.
Bu mundog` chechaklikda ko`nglum bu kun
Saning birla bo`lub ovunmoq tilar.
She'r

Yo subh al-vajhi yo zu' an-nahor-mushtahar,


Anta ruhi vajhuk al-maymunu shams av al-qamar.

Elingiz chin to`linoytek qinayur qirg`u qaroq,


Yuzunguz kundin yoruqroq ko`rkunguz kun yo qamar.

Talat al-axzon va dahran fa-l-habibu qad jafo,


Abduhu lam yat bil-kufran yavman bal shaker.

La'lin ochsa yinjulardin to`klunur turluk latif,


Ul erinning totig`inda qayda yetsun bol shaker.

Ruxuk er-rayxon nashran qad ya'uju bi-r-rajo,


Lafzuk al-mamzuju shaxdan sora al-ahl va-l-amr.

Ko`rkunguzni kusayurmen erta goh bir kun bo`lur,


Emgakim yavloq telim bor emgagan oxir emaz.

Quntu fi-d-da;va muhiqqan lo bal ant al-xokim,


Yo habibi hokazo abd al-hazini qad aqtar.

Ko`rkunga munglug` bo`lubon ko`rkini men kusayur,


O`rtanur bag`rim yoqildi yoshginam yo`ltek oqar.

Zoka zabyun mustatilun fa-l-asvadu sinvuhu


Qad ag`ora al-qalbu minni summa aynohu asar

Qush bulunglarni tararda tekma bir er zulfidin,


Kin borar kindik yipor rihus-sabo bo`lub esar.

Layluno sorat nahoran vajhahi an yankashif,


Va-n-nahoru mustaniru sora laylan an basar.

Ki yuraklik bek er erdim man eltib bulnadi,


Ko`o cherikni bosti xonlar ishq cherikin kim bosar.

Kullamo tolabtu minhi bi-intiholin qublatan,


Lam yuhib illo sabab soqa qalbi va-n-kasar.

Rabg`uziy Nosir qo`rursa yuz o`ruvmas ishqidin,


Bek necha bushub so`karsa qul qachon ko`nglin kesar.



Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə