Nizomiy nomli tdpu qoshidagi akademik litsey xt-1 Guruh talabasi Mansurova Feruzaning adabiyot fanidan tayyorlagan



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#115584
  1   2   3
RABG`UZIY HAQIDA UMUMIY MA\'LUMOT FERUZA



Nizomiy nomli TDPU qoshidagi akademik litsey XT-1 Guruh talabasi Mansurova Feruzaning adabiyot fanidan tayyorlagan



Nosiruddin Burhoniddin Rabg`uziy

Toshkent – 2009y


Reja:

  1. Rabg`uziyning hayoti va ijodi

  2. “Qissasi Rabg`uziy” haqida

  3. “Qissasi Odam Safiy”

  4. “Nuh Alayhissalom”

  5. G`azal, Bayt va She’rlar

  6. Xotimati Qissasi Al-Rabg`uziy



Nosiruddin Burhoniddin Rabg`uziy

Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o`g`uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning “Qissasi Rabg`uziy”dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o`zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan “...bu kitobni tuzgan, toat yo`lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko`p yozuqliq Raboti o`g`uz qozisi Burhon o`g`li Nosiruddin...” deb yozadi. Ko`rinadiki, allomaning oti Nosiruddin bo`lib, otasi Burhoniddin Raboti o`g`uzning qozisi bo`lgan. Rabg`uziy taxallusi ham u yashagan joy bilan bog`liq. Yetuk ulamo va din oilasida tarbiyalangan Nosiruddinning o`z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste’dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi bir talay yordamchi manbalar mavjud.


Rabg`uziyning qissalari ma’nosini anglatuvchi “Qissasi Rabg`uziy” asari olam va odamning yaratilishi, insonning yo`ldan ozishi va komillik sari mashaqqatli va uzoq yo`l bosib borayotganligi haqida g`oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ushbu asar musulmon dinini qa`bul qilgan e’tiborli mo`g`ul beklaridan biri Nosiruddin To`qbug`aning iltimosiga ko`ra, hijriy 109 (milodiy 1309 – 1310) yilda yozilgan.
Asosan payg`ambar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o`ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul-anbiyo” (payg`ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur ko`plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning “ba’zisi mustaqim (to`g`ri, haqiqiy) bor, ba’zisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor”. Shuning uchun ham bek To`qbo`g`a adibdan “o`qimoqg`a keraklik, ogranmakka yarog`liq” payg`ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so`ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyot, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari “Qissasi Rabg`uziy”, “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o`qib kelinmoqda.
Rabg`uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu an’anasidagi o`ziga xos bosqich bo`ldi. Birinchidan, adib o`zigacha yaratilgan payg`ambarlar haqidagi qissalarni puxta o`rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Uchinchidan, salaflari yo`l qo`ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. To`rtinchidan, salaflari yo`l qo`ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi.Ikkinchidan, salaflari yo`l qo`ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Beshinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo`lsa, Rabg`uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho ma’naviy mulkiga aylandi.

Qissasi Rabg`uziy”


“Qissai Rabg`uziy” asari 1310-yilda yaratilgan bo`lib, turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. U, asosan, payg`ambarlar haqidagi qissalardan iboratdir. Bu asar turkiy nasrning eng qadimiy namunalaridan birdir. Unda XIII asr oxiri – XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator o`ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo`lgan. Payg`ambarlar haqidagi qissalar Rabg`uziyning olam va odam haqidagi qarashlari badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo`lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida badiiy timsollar vositasida fikr yuritadi.


Qissalar asosini asosiy tarixiy-ilohiy voqealar tashkil etadi. Ular o`z ildizlari bilan Qur’on va “hadis” larga, insoniyatning yaratilishi va rivojlanish tarixiga, xalq og`zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo bularning ko`pchiligi, birinchi navbatda, Rabg`uziy badiiy tafakkuri yordamida qayta idrok etiladi, badiiy talqinini topadi. Mavzu doirasiga ko`ra asardagi qissalar juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi Allohni ulug`lash, payg`ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va vatanparvarlik, erk va adolat, do`stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabi mavzular shular jumlasidandir. Bular asardagi yetmish ikki qissada o`z ifodasini topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha. Masalan, “Qissai Yusuf” salkam yuz sahifani tashkil qilsa, “Lut” haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Qissalarning ko`pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so`ng she’riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Ba’zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g`azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg`a surilgan asosiy g`oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi.
Halollikka, o`z mehnati bilan halol kun ko`rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash Rabg`uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir. O`zbek nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg`uziy tomonidan keng qo`llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g`oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodalangan.
Tilga e’tibor berish, har bir aytiladigan so`z ma’suliyatini ta’kidlash hikoyadagi asosiy g`oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik ham ulug`langan.
Hikoyalarda xalq og`zaki ijodining ta’siri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko`chib o`tgan. Suhbatning dialog asosida olib borilishi, soddalik, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo`ndaligi, og`zaki ijoddan ta’sirlanish natijasidir.
Qissasi Odam Safiy”

Mavlo taolo aytdikim, …menbilurmenkim, Muhammad Mustafo alayhis-salom Odam o`g`lonlaridin bo`g`usi, bu jahonni, ul jahonni, oyni, kunni qamug` (barcha,hamma.) narsalarni aning sevuklugi uchun yaratdim. Do`st kim turur men bilurmen, siz bilmassiz…


Qachon izi azza va jalla (qudratli va ulug` Alloh.) Odamni yaratmak tiladi ersa Jabroilg`a xitob keldi: Borg`il, yer yuzidin bir uvuch (hovuch) tuproq keltirgur. Jabroil kelib olg`alu o`g`radi ersa, yer jabroilg`a ont berdi (so`radi, o`tindi.) mandin tuproq olmag`il, teb. Jabroil ont og`irlab (so`ragani uchun, o`tinchini hisobga olib) tuproq olmadi. Kezin makoilni izdi, angama ont berdi, ulma (u ham.) kelmadi. Kezin azroilni izdi (yubordi, jo`natdi), angama (unga ham) ont berdi. Azroil aydi: ”Sening ontingdin menga mavlo taolo (yaratguvchi egam.) yorlig`i (farmon buyrug`) azizrak turur”. …yer yuzidin bir uchun tuproq oldi… Hazratdin xitob keldi: “Ey Azroil, g`oyat qattigi ko`ngulluk ermishsen. Taqdir andoq qildim, qamug` tanlig`larning (tirik mavjudod) jonin senga oldurg`ayman”.

Ul tuproqda… urung (oq), qora, suchuk, achig`, sarig`, yashil, qizil, ko`k, qatig` yumshoq va arig` (pokiza, toza), arig`siz (nopok iflos), totlig`siz (tamsiz) – qamug` bor edi. Ul sababdin Odam o`g`lonlari bir-biringa mengzamazlar, kimi arig`, kimi arig`siz, kimi iglik (kasal), kimi igsiz, kimi urung, kimi qora, kimi sarig`, kimi qizil, kimi ezgu, kimi ezsiz, kimi suchuk so`zluk, kimi achig` so`zluk, kimi qatig` ko`ngulluk, kimi yumshoq ko`ngulluk. Azroil ul tuproqni Makkali, Toifli orasinda Daxno otlig` yerda qo`zdi. Qirq yil ul tuproq uza yomg`ur yog`di, o`tuz to`quz yil qazg`u yog`muri yog`di, bir yil sevunch yog`muri yog`di. Ul yo`ldin Odamg`a sevunchdin qazg`u ortuproq bo`ldi.


SAVOL: Odamni tuproqdin yaratmoqg`a hikmat ne erdi?
JAVOB: Qachon mavlo azza va jalla Odamni yaraturman teb xitob qildi ersa, barcha narsalar bosh ko`turub, Odamni bizdin yaratg`il teb tam’a qildilar. Tog` aydi: “Men qutlug`men”, tengiz aydi: “Men haybatlikmen”, oltun aydi: “Men azizmen”, ko`k aydi: “Men azizmen”. Qamug` narsalar bosh ko`turub o`zlarini o`ga quvondilar. Ul holda yer tavozu’ qilib aydi: “Men qamug`din zaifmen, azoq ostindaman, menda quvongu narsa yo`q” teb tavozu’liq qilsa erdi, xitob keldi: “Men Odamni tuproqdin yaraturman”, teb. Odamni tuproqdin yaratdi…

…Yana qirq yildan kezin Odamning jonig`a yorlig` bo`ldikim, Odamning tanig`a kirgil teb. Jon Odamning boshi uza turuqti, kirgali unamadi. “Men ulviyman, sifliyga netak kirayin”, tedi. Jabroil alayhis-salom keldi, aydi: “Ey aziz jon, izi azza va jalla oti birla kirgil”. Jon Izi otin eshitti ersa kirdi. …jon Odamnung boshing`a kirib ikki yuz yil tezgindi. Anda kezin ko`zinga kirdi ersa, ko`zlari tirildi, o`z yuzini ko`rdi qora tuproqdin yaratilmish… Burnig`a keldi ersa, bir axsurdi. Andin… og`zing`a keldi… Anda kezin jon ko`kuzinga keldi. Oshuqti qo`pg`aqli o`g`radi, qo`pa bilmadi. Anda kezin qorning`a keldi ersa, qorni taom tiladi. Jon ichinda yoyildi. So`ngak, et, teri, tomur, singirlar bilgurdi. Tebranu boshladi. Odamnung terisi bag`oyat ko`rkluk erdi. Tun-kun yoruqluqi orta boshladi.


Qachon zillat bilgurdi ersa, ul terisi suyuldi va teri bilgurdi. Ul terining belgusi ernaklar uchinda qoldi. Bu tirnoqlar ulturur. Odami Safiy alayhis-salom yeti kun anda o`lturdi. Anda kezin mavlo azza va jalla qizil oltundin yaratilmish bir taht izdi, gavhar birla murossa qilmish. Andog`luq hil’atlar anga kizdurdi. Oltun toj boshung`a urdi. Ul taht uza o`lturdi. Ul yetti yuz ming farishtalar izi azza va jalla yorligi birla kelib, Odamning tegrasunda tabug`unda to`ruqtilar.


…Qachon Odamni ujmohg`a kivurdilar esa, ne’matlarin, hurlarin… ko`rdi, ammo o`zinga mengzayur kimarsa yo`q uchun ko`ngli to`lolmadin …bo`lub, ujmoh ichinda yuriyur erdi. Mavlo taolo Odamga uyqu ko`mishdi. Uzog`liq uyquli orasinda Odamning biqini ayagusidin so`l yonindan Hayvoni yaratdi.


SAVOL: Hayvoni Odamdin uzog`li uyquli orasidin yaratmoqg`a na hikmat erdi?


JAVOB: Odam uzog` bo`lsa ayog`usi og`rig`ay erdi. Ul sababdin Hayvoni dushman tutg`ay erdi. Agar uziyur bo`lsa o`zindin yaratilganin bilmasa, ani sevmagay erdi.





Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə