{number}-son 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi


III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 55,48 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü55,48 Kb.
#164756
1   2   3   4   5   6
BOBOY

III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari

  1. Qonuniy vakil quyidagi huquqlarga ega:

tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, mashgulotlar va x.k.), mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning a’zosi bo‘lib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;
DMTT rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Qonuniy vakilning majburiyatlari:

mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
ota-ona to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;
xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sogʻligi haqidagi tibbiy xulosa va qonuniy vakili haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob bulganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sogʻayganidan so‘ng tibbiy malumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tugʻilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;
DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bo‘lmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu haqda xabar berish;
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.
Qonuniy vakilnning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 55,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə