{number}-son 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi


II. DMTTNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 55,48 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü55,48 Kb.
#164756
1   2   3   4   5   6
BOBOY

II. DMTTNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

  1. DMTT quyidagi huquqlarga ega:

DMTT xodimlarining huquq va qonuniy manfaatlarini hamda qadr- qimmatini himoya qilish;
vazirlik tomonidan tasdiqlangan "Ilk qadam" Davlat ta’lim dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘z o‘quv dasturini ishlab chiqish;
tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to‘lov evaziga maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturidan tashqari qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda ishtirok etish;
DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;
tarbiyalanuvchi kasal bo‘lganida yoki tibbiy ko‘rikda uning kasalligi aniqlanganida, DMTT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filtratsiyadan o‘tkazilganida tarbiyalanuvchining sogʻligi bo‘yicha DMTTda bo‘lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida, uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;
qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to‘lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to‘xtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;
qonuniy vakilning tegishli ruxsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad qilish.
DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. DMTTning majburiyatlari:

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo‘llanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga qabul qilish;
bolaning DMTTda bo‘lishi vaqtida uning sogʻligi va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olish bilan bogʻliq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuygʻusini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bulishni, atrof- muhitga extiyotkor munosabatni shakllantirish;
tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning o‘z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni ta’minlash, bola huquqlari to‘gʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfaatlariga asoslanish;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
DMTT Kuzatuv kengashining to‘liq faoliyat olib borilishini ta’minlash;
o‘quv ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sogʻligiga doir xususiyatlarni hisobga olib, maktabgacha ta’limning tegishli sifat, daraja va hajmga muvofiqligini ta’minlash;
DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash;
bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;
maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);
belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz, sifatli va soglom ovkatlanishni tashkil kilish va ta’minlash;
qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati bo‘lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;
qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va uslublari);
DMTTda uzgartirilgan tartib va boshka holatlar xakida o‘z vaqtida xabardor qilish.
DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
DMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yigʻish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi.

Yüklə 55,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə