{number}-son 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi



Yüklə 55,48 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü55,48 Kb.
#164756
1   2   3   4   5   6
BOBOY

V.TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
13.Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, ular O`zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
VI.SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
14.Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
15. SHartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
VII. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SHARTLARI
16. Tomonlar amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlari bilan bogʻliq holda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlarini buzadigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaslik, shu jumladan noqonuniy to‘lovlar taklif qilmaslik, bunday to‘lovlarga ruxsat bermaslik, va’da qilmaslik, shuningdek har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan holda) tijorat tashkilotlariga, davlat va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, davlat xizmatchilariga, xususiy kompaniyalarga va ularning vakillariga naqd pul yoki boshqa shaklda (lekin cheklanmagan holda) pora bermaslik va pora talab qilmaslik hamda qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar sodir etmaslik majburiyatini oladilar.
17. Tomonlardan biri ushbu bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa tomon bir tomonlama va sudgacha bo‘lgan tartibda ushbu shartnomani bajarishni rad etishga haqli. Ushbu bandga muvofiq shartnoma bekor qilingan taqdirda tomonlar bir-birlariga kompensatsiya to‘lamaydilar.
VIII.NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
18. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan holda ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
19. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
20. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
21. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
22. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlar amaldagi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibida hal etiladi.

Yüklə 55,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə