{number}-son 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi



Yüklə 55,48 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü55,48 Kb.
#164756
1   2   3   4   5   6
BOBOY

IV. TO‘LOV TARTIBI.

  1. Tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun bir oylik to‘lovi 47500 so‘m. Agarda qonuniy vakilning bir nafardan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda to‘lovlar 38500 so‘mni tashkil etadi.

Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli DMTTlarga katnasa, konuniy vakil tegishli ravishda bir DMTTdan boshkasiga farzandlarining boshqa DMTTga katnashi to`g`risidagi ma’lumotnomani DMTTga oila a’zolari xakidagi fuqarolarning uzini-uzi boshkarish organlarining ma’lumotnomasini taqdim etishlari lozim.

  1. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqda DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi hamda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuziladi.

  2. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab, 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.

  3. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek, qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.

Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligiga qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan holda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning uyda kolgan boshqa barcha holatlarda qonuniy vakil tomonidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
11. (Ushbu 11-bandi Maktabgacha ta`lim vazirligining 17.03.2020 yildagi 43-sonli buyrug`iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.)
Shartnomaning 10-bandi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minotlariga haq to‘lash tartibi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”
Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona to‘lovi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab, 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgan hollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘grisida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda ota-ona to‘lovi to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O‘tgan oy uchun ota-ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashiga yo‘l qo‘yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.

Yüklə 55,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə