Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish Nutq madaniyati va uslubiyat. O‘zbek tilining vazifaviy uslublari



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#147134
1   2   3   4   5   6
6-ma\'ruza

So‘zlashuv uslubi. Bu uslub o‘z leksikasi, fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so‘zlashuv tilini o‘zida aks ettiradi. So‘zlashuv uslubi uchun oddiylik, soddalik, betakalluflik, hayajonlilik xosdir. Xalq orasida keng tarqalgan «qosh qorayguncha», «qovog‘ini uyub», «ko‘zini olaytirib», «uchchiga chiqqan» kabi frazeologizmlarda; jo‘ra, og‘ayni, jonginam, oqshom, erta-mertan kabi so‘zlardan; -uvdi (borundi), -chiydi (o‘qigichiydi), -iydi (boriydi, so‘riydi), -chi (dorichi, mashinachi), -qira (sirqiramoq, oqarinqiramoq) kabi yasovchilardan, gapning dialogik, to‘liqsiz, bir tarkibli, so‘z-gap kabi shakllaridan foydalanish so‘zlashuv uslubida bir qadar ko‘proq uchraydi.
Og‘zaki so‘zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi
Adabiy so'zlashiv uslubi.
Oddiy so'zlashuv uslubi
Adabiy so‘zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlarga mos, tartibga solingan va ishlangan bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Oddiy so‘zlashuv uslubi esa betakalluflik bilan erkin muomala - aloqa qilish xarakterli xususiyatdir.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiyhuquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi.
Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
  • Huquqiy munosabatlarga oid: qonun, fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
  • Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi).
  • Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə