Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish Nutq madaniyati va uslubiyat. O‘zbek tilining vazifaviy uslublari


Rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#147134
1   2   3   4   5   6
6-ma\'ruza

Rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari


Badiiy tasvir vositalari bo'lmaydi
Hujjatlar matnida turg'unlashgan, qoliplashgan so'z birikmalaridan ko'proq foydalaniladi.
Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo'l qo'yilmaydi
Hujjat matnida abzastlar tizimiga qatiy rioya etiladi.
Hujjat axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo'lishi shart.
Hujjatlar matni I shaxs yoki III shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari I shaxs tilidan bo'ladi
Uslub leksikasi kitobiy va xolis so'zlardan iborat bo'ladi: uslubda professional terminologiya mavjud bo'ladi.
Grammatik xususiyatlar mavjud bo'ladi.
Grammatik xususiyatlari:
Tilga olinayotgan kishilar nomi o'z nomi bilan atalmasdan, buning o'rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi: ijrochi, guvoh, da'vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi…
Noaniqlikka yo'l qo'ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi.
Fe'lning ishlatilishi boshqa uslublarga qaraganda, ayniqsa, ajralib turadi: oldini olish, chora ko'rish, ko'riladi, beriladi, bo'shatilsin.
So'roq va undov gaplar deyarli qo'llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog'liq vazifaviy uslubdir. U o'z ichida yana ilmiy, texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o'quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo'linadi
-Axborotning obyektivligi, aniqligi
-Nutqning ma'lumotlarga boyligi
-Emotsionallik, obrazlilikning bo'lmasligi
-Atama, chizma, ramz va jadvallarning bo'lishi
-Adabiy til me'yorlariga qattiq amal qilinishi
-Ellipsis hodisasining bo'lmasligi
-Fikrlarning mantiqiyligi va qat'iy tartibda bo'lishi
Publitsistik uslub. Publitsistika so‘zi — lotincha bo‘lib, ijtimoiy, xalqchil, ommaviy degan ma’nolarni anglatadi.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o‘z ichiga oladi. Bu uslub ham o‘zining yozma va og‘zaki ko‘rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtiomiy-siyosiy masalalariga bag‘ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma ko‘rinishidir.
Publitsistik nutqda muallif voqelikka nisbatan faol munosabatda bo‘ladi. Uning hayotga, voqelikka bo‘lgan bunday munosabati dalillarni tanlashda, ularni tahlil qilishda, tilning emotsional-ekspressiv vositalarini tasarruf etishda ko‘rinadi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə