Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Individuallik
– shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy tarbiya
– bolalarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda 
iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish
mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosa-
batlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim
– bolalarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini 
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, 
ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va ho-
kazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan peda-
gogik jarayon.
Yosh xususiyatlari 
– muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan 
anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik
xususiyatlar. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli
– shaxs, davlat va jamiyat, uz-
luksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro 
hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak 
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr-
larni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, lo-
yiha. Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs – 
kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyek-
ti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi;
Davlat va jamiyat
– ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini 
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyor-
lash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Uzluksiz ta’lim
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning 
asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, 
kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish 
muhitini o‘z ichiga oladi;
Fan – 
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqaruvchi;


418

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə