Individuallik
– shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy tarbiya
– bolalarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda
iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish,
mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosa-
batlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim
– bolalarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash,
ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va ho-
kazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan peda-
gogik jarayon.
Yosh xususiyatlari
– muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan
anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik
xususiyatlar.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli
– shaxs, davlat va jamiyat, uz-
luksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro
hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr-
larni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, lo-
yiha. Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs –
kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyek-
ti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi;
Davlat va jamiyat
– ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyor-
lash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Uzluksiz ta’lim
– malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning
asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini,
kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish
muhitini o‘z ichiga oladi;
Fan –
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab
chiqaruvchi;
|