Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Suhbat  – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi. Tamoyil



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Suhbat 
– savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil
(yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi
negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning 
asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya 
– muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba 
asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va 
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni
– pedagog va bola (tarbiyachi va tarbiyalanuv-
chi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni
– shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijti-
moiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo‘l) – tarbiya maqsa-
diga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va 
xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi
– pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tar-
biyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni 
tashkil etish muammolarini o‘rganadi. 
Tafakkur
– ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks eti-
shi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli.
Tashxis 
– didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydin-
lashtirish, uning natijalarini belgilash.
Ta’lim
– bolalarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda 
amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bi-
lish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim va tarbiya mazmuni 
– shaxsning aqliy va jismoniy qo-
biliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, 
ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayo-
nining mohiyati.
Ta’lim jarayoni
– o‘qituvchi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi 
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə