Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Ishlab chiqarish
– kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ular-
ning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni 
belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moli-
yaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol 
ishtirokchisi.
Korreksiya
(yunoncha «correctiio» - tuzatish) – pedagogik 
uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bo-
lalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman 
yoki to‘liq tuzatish.
Ko‘nikma
– olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va 
shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Ko‘rgazmali metodlar
– predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiya-
tini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda 
qo‘llaniluvchi usullar.
Loyihalashtirish (rejalashtirish
) – bolalarning o‘quv faoliyatini 
boshqarish dasturini yaratish.
Madaniyat
(«cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish
ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida in-
sonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojla-
rini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun
(ta’lim (bilim olish) mazmuni)
 
– ta’lim jarayonida bola 
tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, 
malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Malaka
– 
ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari 
– o‘quv material-
ning mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi 
shakllarda) yoritishda qo‘llaniluvchi usullar.
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari 
– 
muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga mu-
vofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari 
va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot
– ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizim-
lashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib 
topgan dunyoqarash majmui.


419

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə