Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Metod  – yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish  yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Metodika



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Metod 
– yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish 
yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodika 
(fan sifatida) – xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganadi.
Mehnat tarbiyasi
– shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur ang-
latish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijti-
moiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllan-
tirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiya-
ning tarkibiy qismi.
Munozara
– tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish 
asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Pedagogika 
(yunoncha «paidagogike» bo‘lib, «paidagogos»
 
– 
bola, yetaklayman) – ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, 
muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni 
tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini 
o‘rganadigan fan.
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari
– shaxsni tarbiyalash, unga mu-
ayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, 
obyektiv va subyektiv omillarni aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki 
mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Pedagogik mahorat
– bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorat-
larini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik talab
– turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoli-
yatda ishtirok etish jarayonida bola tomonidan amal qilinishi zarur 
bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagogik mahorat
– ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yon-
dashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak 
pedagogik tafakkur.
Rag‘batlantirish
– tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoli-
yatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini 
ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli.
Rivojlanish
– shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namo
-
yon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi 
murakkab jarayon.


420

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə