Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshi-
dagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va
jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Didaktik tizim – (yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil
topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning
yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin – o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Jamoa – (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib,
yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi
ma’nolarni anglatadi) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan
guruh.
Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-
quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jismoniy tarbiya – bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakl-
lantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mu-
dofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy
tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto – moslashish) – anomal
bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va
xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok eti-
shi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Izohlash – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
417
Individ ( lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamida
-
gina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.