Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Ta’lim vositalari
– ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv 
(darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, 
plakat, rasm, chizma, dioproyektor, videomagnitafon, uskuna, tele-
vizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining 
nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar 
va hokazolar) omillar.
Ta’lim jarayoni
– tarbiyachi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi 
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.


424
Ta’lim maqsadi
– ta’lim berishdan (olishdan) ko‘zlangan
muddao.
Ta’lim mazmuni
– 1) o‘qitish jarayonida egallash lozim 
bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri. 
2) shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivoj-
lantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga 
tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim tizimi
– yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat 
tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya 
muassasalari majmui.
Tushuncha
– atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim 
xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.
To‘la ratsionalizm
– odam faoliyat yuritishi uchun atroflicha ax
-
borotga ega va undan o‘z faoliyatida foydalanib, maksimum darajada 
natijaga erishadi, deb qaraladigan yo‘nalish.
Faoliyat
– 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining 
ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar to-
monidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.
Xalq pedagogikasi yoki etnopedagogika
– bu etnik guruhlar 
millat, xalqning asrlar davomidagi tarixiy hayoti davomida erish-
gan empirik tajribalari asosida bolaga ta’lim-tarbiya berish haqi-
dagi fan.
Shaxsiy fazilat
– shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va ish-
chanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘rnini ang-
lay olish xususiyati.
E’tiqod
– shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning 
haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning 
atrof-muhitga hamda o‘zining xatti-harakatlariga bo‘lgan subyektiv 
faoliyati.
O‘zlashtirish
– tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no-
mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi 
to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lishi.
O‘rganish
– axborotdan foydalanish va turli harakatlarni 
ko‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.


425
O‘rgatish
– axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish 
ko‘nikmalarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini turli vosita 
va usullarni qo‘llab tushuntirish, ko‘rsatish va mashqlar orqali amal-
ga oshirish jarayoni.
Qiziqish
– shaxs harakatiga sabab bo‘ladigan faoliyat 
yo‘nalishining ongli shakli, insonning u yoki bu narsaga, ishga 
diqqat-e’tibor qaratishi, ixlos qo‘yishi, agar u bajaradigan ish bo‘lsa 
bajarishga astoydil kirishishi.


426

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə