Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Ekologik ong
– tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni 
muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi. 
Ekologik tarbiya
– bolalarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, 
ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-
muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarni shakllanti-
rishga qaratilgan pedagogik jarayon. 
Ekologik ta’lim
– bolaga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va 
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan 
ta’limiy jarayon.


422
Ekologik faoliyat
– ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va 
atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan 
xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya –
bolalarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabat-
lari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, 
ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish 
va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijti-
moiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Dunyoqarash
– shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks et-
tiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o‘ylar tizimi.
Maqol
– xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar.
Maqsad
– faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov
foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Mahorat
– shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror so-
hadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan 
kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoli-
yat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malaka-
larni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə