Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Muammoli vaziyat
– hayotdagi yoki o‘quv jarayonidagi vaziyat 
bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Odat
– kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy 
me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogik jarayon
– ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal 
qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuv-
chilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari
– pedagogik faoliyatni tashkil 
etishning asosiy talablari bo‘lib, u pedagogik jarayonning yo‘nalishini 
ko‘rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik mahorat
– pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta 
olish, harakatga keltira olish (A.S.Makarenko), pedagogik jarayon-
ning yuqori samaradorligini ta’minlovchi shaxsning ish sifati va xu-
susiyatlari sintezi.
Pedagogik texnologiya 
– «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti» 
- ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy 


423
asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya’ni o‘qitish jara-
yonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketma-ketlikda turli vosita, 
metodlarni qo‘llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning 
ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.
Pedagogik faoliyat
– ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qara-
tilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Tarbiya
– 1. Bolani boqib, ta’lim berib katta qilish, voyaga yetka-
zish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik.
2. Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy 
va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi. 
3. Parvarish, qarov:
1) tarbiyalab katta qilmoq, voyaga yetkazmoq, o‘stirmoq, ul-
g‘aytirmoq; 
2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o‘rgatmoq, tarbiyalab biror xis-
lat-fazilatni singdirmoq; 
3) parvarish qilmoq.
Ta’lim
– 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining 
yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlarning ijtimoiy ong sifatida u yoki 
bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli 
yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni;
2) muayyan bilimlarni egallash g‘oyaviy-axloqiy, qadr, malaka, 
ko‘nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim 
va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim; 
3) o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini 
o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə