Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha ta’lim pedagogikasi –



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – 
maktabgacha ta’lim yoshi-
dagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va 
jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Didaktik tizim
– (yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil 
topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning 
yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin
– o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish asosida bolaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik 
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Jamoa
– (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, 
yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi 
ma’nolarni anglatadi) – bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, 
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan 
guruh.
Jamoa an’analari
– jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-
quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jismoniy tarbiya
– bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakl-
lantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mu-
dofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy 
tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Idrok – 
aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
 
Ijtimoiy adaptatsiya 
(yunoncha adapto – moslashish) – anomal 
bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va 
xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok eti-
shi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Izohlash 
– tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.


417
Individ (
lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan 
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamida
-
gina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə