O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

5.1.
 
Musobaqa tayyorgarligi 
 
Jamoaning musobaqalarda qatnashishi, ekstremal sharoitlarda 
kurash borayotganda, tayyorgarlikni eng yuqori shakli ko’rinishi 
hisoblanadi. Musobaqa tayyorgarligi borgan sari muhim ahamiyatga ega 
bo’layapti. Musobaqa sharoitlarida sportchi organizmining ishlash 
imkoniyatlaridan to’laroq foydalaniladi. Maksimal yuklamalarga 
ayniqsa samarali stimul paydo bo’ladi. Boshqa jamoalar bilan 
musobaqalashishda bor kuchni yig’ib kurashish va to’g’ri ishlatish, o’z 
hayajonini eplay olish va o’z imkoniyatlarini yuqorilashtirish (ko’tara 
olish) qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. 
Muvaffaqiyat ko’pincha tajribaga ham bog’liq. Har bir musobaqa 
o’ziga xos bo’ladi. Musobaqaning bunday bo’lishligi o’tkazish 
sharoitlari, o’yinchilarni shaxsiy xislatlariga va raqib jamoaning 
o’ynashini o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Agar o’yinchilar doim bir 
xil sharoitda bitta raqkib bilan hadeb musobaqalashaversa, u holda 
ularda o’zini tutishni stereotip (bir xillik) tizimsi shakllanib qolishi 
mumkin, bu esa o’z salbiy tomonini, yangi sharoit yangi raqib paydo 
bo’lganda, ko’rsatadi. 
Shu yili bo’ladigan asosiy musobaqaga jamoani tayyorlash 
jarayonini musobaqa tayyorgarligi yakunlaydi. Jamoani tayyorgarlik 
ko’rishi qanday maqsadga yo’naltirilganiga qarab musobaqalar nazorat, 


65 
tayyorlovchi va asosiy musobaqalarga bo’linadi. Bularni bo’linishi 
(tabaqalanishi) ularni nomlaridan aniqlanadi. Musobaqalar jarayonida 
murabbiy o’yinchilarni hamda jamoaning tayyorgarligini har xil 
tomonlarini tekshirib ko’radi. 
Musobaqa tayyorgarligini umumiy hajmi jamoaning malakasi qay 
darajadaligiga bog’liqdir. Malakasi bir oz pastroq jamoalarda musobaqa 
tayyorgarligini hajmi kamroq bo’ladi, biroq juda sezilarli darajada emas. 
Musobaqa yuklamasini kamayishi asosan asosiy musobaqalarda kam 
o’yin o’ynash hisobiga bo’ladi. 
Jamoa hujumini ko’p har xil shakllari bor, ammo gap qancha 
kombinatsiya 
bilan 
siz 
qurollanganingizda 
emas, 
balki 
ular 
mashg’ulotda qanday darajada egallanganlikka bog’liq. Bu erda ozgina-
yu, sozgina degan qoida mos keladi. O’yinchilarni tashabbusi: 
o’yinlargan kombinatsiyalarni soyasida ko’rinmay ketishiga yo’l 
qo’ymasligi kerak. Betashabbus uyushtiriladigan hujum himoyachilarga 
qo’l keladi. Ular tez orada bunday hujumni fosh qilib, ertami kechmi 
kontr o’yin topadilar. Agarda o’yinchilarga, o’rganilgan kombinastiya 
asosida o’zlaricha erkin va tashabbuskorlik bilan o’ynashga to’sqinlik 
qilinmasa, u holda himoyachilar doim qiyin masala echishga majbur 
bo’ladilar. 
Jamoa xujumining boshqa (asosiy muhim sharti o’yinchilarni bir-
birlarini juda yaxshi tushinib o’ynashlaridadir. Bunga erishish uchun 
o’yinchilar doim birgalikda mashg’ulot qilishlari lozim, ular sheriklari 
nima qilishi mumkinligini oldindan bila oladigan va ko’ziga qarab uni 
tushina oladigan bo’ladilar. Jamoa hujumini tanlayotganimizda juda 
murakkab o’zaro harakatlarni tallamaslikka harakat qilamiz. Juda 
murakkab o’zaro harakatlar uzoq muddat davomida ular ustida ishlashni 
va har xil mashqlarni talab qiladi. Mashg’ulotlarda ko’p narsa qilishga 
urinish aksariyat hollarda biron narsani yaxshi qilmaslikdan dalolat 
beradi. Murabbiyning asosiy vazifalaridan biri bu o’yinchilar 
(himoyachilar) hujumdagi jamoaning a’zolari, to’pni hujum qilishning 
dastlabki pozitsiyasiga qarshiliksiz olib kelishlariga (hujum qilishning 
dastlabki pozitsiyasi - bu shunday joyki bu joydan hujumchilar erkin 
hujum 
(pozitsiya 
hujum)da 
o’rganilgan 
o’zaro 
harakatlarini 
boshlaydilar) yo’l qo’ymaslikdir. 
Jamoani tayyorlayotganda murabbiy himoyani faqat bittagina turi 
bilan foydalanishi mumkin emas. U raqib hujumini qaytarish uchun eng 
mos keladigan himoya usulini tanlashi kerak. Murabbiy jamoa uchun 
tanlagan himoya usulini juda yaxshi bilishi va o’yinchilarga uni o’rgata 


66 
olishi kerak. Murabbiylarni ko’pi o’z jamoalarini himoyadagi 
imkoniyatlarini yaxshilash ustida ishlamoqdalar. Himoya mustahkam, 
tez o’zgara oladigan va o’rganish uchun etarli oddiy bo’lishi kerak. 
Raqiblar, razvedka yordamida, avvalombor bir-birlirini himoyalarini 
kuzatadilar. Himoyaning har xil tizimlarini namoyish qilish raqib uchun 
ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Bunday qilish raqib jamoyaning 
murabbiyi o’z mashg’ulotlarida shu himoya tizimlariga qarshi o’ynash 
uchun vaqt ajratishga majbur bo’ladi. 
Agar oldindan razvedka o’tkazilmagan bo’lsa, unda murabbiy 
jamoani har qanday kutilmaganliklarga duch kelishiga tayerlashi lozim. 
Bundan tashqari o’yinda tez orientirovka qilib olish, tanaffus va bir 
minutli tanaffuslardan iloji boricha oqilona foydalanishlik kerak. 
Murabbiy himoyada bo’sh joyni sezgani zahoti tezlikda uni to’g’rilashi 
lozim. O’ylamay pozitsion hujum qiladigan jamoaga qarshi 
himoyalanish osondir. Agar o’yinchilar hujumda bir xillikka yo’l 
qo’ysalar u holda to’pni guruh bo’lib olib qo’yish taktikasini qo’llash 
mumkin. 
O’yinni ikkinchi yarmida yaxshi o’zlashtirib olingan o’zaro himoya 
harakatlarini, o’yinni birinchi yarmida qo’llanilmagan, bajarish 
mumkin. Bu yaxshi natija berishi aniq. Xuddi shu tariqa o’yinni birinchi 
yarmini oxirgi minutlarida himoyani boshqacha himoyaga almashtirish 
mumkin, raqib jamoaning murabbiyi tanaffus paytida shu himoyaga 
qarshi o’ynash uchun vaqtni ko’pini bekorga ketkazishga majbur 
bo’ladi, negaki bu himoya o’yinni ikkinchi yarmida ataylab 
qo’llanilmaydi. Basketbolda ko’p hollarda, hujumdan himoyalanishga 
tez o’ta oladigan jamoalar g’olib chiqadi. Shuning uchun hamma 
jamoalar doim himoya (balansini) tentligini saqlashi lozim. To’p oldirib 
qo’yilganda, hujumchilarni yaxshi himoyalangan holatga qarshi olish va 
himoyalanmagan savatga hujum qilishga yo’l qo’ymaslik lozim. 
Jamoani raqib savati ostida 3ta o’yinchisi bo’lishi lozim, ulardan biri 
aralash vazifa bajaradigan ya’ni to’pni egallashi aniq bo’lsagina savat 
ostiga o’tadigan va orqani straxovka qiladigan yana bir o’yinchi 
orqaroqda bo’ladi. Hujumdan himoyaga ustalik bilan o’ta olishlik - 
jamoali himoyalanishning muhim omilidir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə