O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124

qog'ozlar, veksellar,  ko‘chmas mulk ham da qimrnatliklar xizmat qiladi. 
Kredit  olish  uchun  tovar  garovi  3  shaklda  amalga  oshiriladi:  q a t’iy 
garov  (tovarlarning m a ’lum  bir massasi  bank  foydasiga garov qilinadi); 
muomaladagi  tovar  garovi  ( m a ’lum  bir  sum m adagi,  tegishli  assor- 
timentdagi  tovarning  qoldig'i  hisobga  olinadi);  qayta  ishlovdagi  tovar 
garovi  (mazkur  mahsulotlarni  bankka  garovga  bergan  holda  garovga 
olingan  tovardan  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  m um kin).
Kreditor sotilishning yuqori  imkoniyatlariga ega b o'lgan tovarlarni 
garovga  olishni  afzal  ko'radi  va  t a ’m inot  hajmini  belgilashda  tovar 
bozori  konyunkturasini  hisobga  oladi.  B a’zi  h o latlarda  kreditning 
t a ’minoti  sifatida  o 'rtacha  bozor  baholarida  hisobga  olingan  davlat 
rasmiy  oltin  zaxiralarining  bir  qismi  ishlatiladi  (1963-yilda  Finlyan- 
diyada,  1970-yillarning  o'rtalarida  Italiya,  Urugvay,  Portugaliyada).
Rivojlanib borayotgan davlatlar (ayniqsa  1980-yillarning boshlarida) 
o ‘zlarining  tashqi  qarzlarini  s o ‘ndirish  m a q sa d id a   olingan  xorijiy 
kreditlarning  garovi  sifatida  oltinni  deponentga  olishni  keng  qo'llay 
boshladi.  Biroq  oltinning  garovi  ustidan  ssudalar  shakli  ko‘pchi!ik 
xalqaro  kreditlar uchu n   xos  bo'lgan  «salbiy garov shartlashuvi»  tufayli 
keng tarqalmadi.  Ushbu shartlashuvning mohiyati quyidagichadir:  agar 
qarz  oluvchi  boshqa  kreditlar  b o ‘yicha  q o ‘shim cha t a ’m inotni  taq dim  
etsa,  unda kreditor mazkur ssuda yuzasidan ham  qo'shim cha t a ’m inotni 
talab  qilishi  mumkin.  Bundan  chiqdi,  agar  m am la ka t  oltin  garovi 
ustidan  kredit  olgan  b o ‘lsa,  u nda  a w a l  olingan  kreditlarni  ham   oltin 
bilan  t a ’minlashni  ushbu  m am lakatdan  talab  etishlari  m um kin.  Shu 
sababli  ayrim  m am lakatlar  oltinni  sotishni  afzal  k o ‘radilar.  G arov 
kredit  kelishuvi  b o ‘yicha  m ajburiyatning  t a ’m in o t  usuli  b o ‘lganligi 
sababli  qarzdor  tom onidan  majburiyatlarning  bajarilmasligi  holatida 
kreditor  garov  qiymatidan  kompensatsiya  olish  huquqiga  ega.
Blankali  kredit  qarzdorning  ushbu  qarzni  m a ’lum  bir  m u ddatda  
so‘ndirish  majburiyati  ustidan  beriladi.  U shbu  kredit  b o ‘yicha  hujjat 
bo‘lib  odatda,  qarz  oluvchining  yagona  imzosiga  ega  b o ‘lgan  solo- 
veksel  xizmat  qiladi.  Blankali  kreditning  turlari  b o ‘lib  kontokorrent 
va  overdraft  hisoblanadi.
Taqdim   etilishi  nuqtayi  nazaridan  qarz  oluvchi  hisob-varag‘iga, 
uning  ixtiyoriga  olinadigan  moiiyaviy  (naqdli)  kreditlar;  im po rty or 
yoki  bank  tom onidan  trattaning  aksepti  shaklidagi  akseptli  kreditlar; 
depozit  sertifikatlari;  obligatsiya  zayomlari,  konsorsial  kreditlar  va 
bo sh q a   shu  kabilar  farqlanadi.  K r e d ito r   sifatida  m a y d o n g a   kim  
chiqishiga qarab,  kreditlar:  I) firmalar,  banklar,  ayrim  holatlarda vosita-


chilar  (brokerlar)  to m o n id an   taqdim   etiladigan  xususiy  kreditlarga;
2)  hukum at  kreditlariga;  3)  xususiy  korxonalar  va  davlat  ishtirok 
etadigan aralash  kreditlarga;  4) xalqaro va hududiy valuta-kredit  hamda 
moliyaviy  tashkilotlarning  davlatlararo  kreditlariga  bo'linadi.
Firm a  (tijorat)  krediti  bu,  odatda,  bir  m am lakat  firmasi  yoki 
eksportyori to m onidan boshqa mamlakat importyoriga t o ‘lovni  kechik- 
tirish  shaklida  taq d im   etiladigan  ssudadir.  Tashqi  savdodagi  tjjorat 
krediti  tovar  operatsiyalari  b o ‘yicha  hisob-kitoblar  hilan  hamkorlikda 
amalga oshiriladi.  Firm a kreditlarining muddatlari turlichadir (odatda, 
2—7  yilgacha)  va jah o n   bozorlaridagi  konyunktura  shartlari,  tovarlar 
turlari  va  boshqa  omillar  bilan  belgilanadi.  M ashina  va  murakkab 
jihozlar eksportining  kengayishi bilan  mazkur kreditlar muddatlarining 
uzayishi yangilik b o ‘ldi.  Firma krediti,  odatda, veksel  bilan  rasmiylash- 
tiriladi  yoki  ochiq  hisobvaraq  b o ‘yicha  taqdim  etiladi.
Vekselli kredit,  eksportyor tovarlarni sotish t o ‘g‘risidagi  shartnomani 
tuzganidan  so‘ng  o ‘tkaziladigan  veksel  (tratta)ni  importyorga  qarata 
chiqarilishini  k o ‘zda  tutadi.
0 ‘z  nav b atida  im p o rty o r  tijorat  qog'ozlarini  o lganidan  s o ‘ng 
m a z k u r   v ek seln i  akseptlaydi,  y a ’ni  u s h b u   vekselda  k o ‘rsatilgan 
m uddatlarda  t o ‘lovni  amalga  oshirishga  rozilik  beradi.
Ochiq  hisob-varaq  bo‘yicha  kredit  eksportyor va  importyor  o ‘rta- 
sidagi  kelishuv  y o ‘li  orqali  taqdim   etiladi.  M azkur  kelishuvga  asosan 
tovarlarni  yetkazib  beruvchi  sotilgan  va  yetkazib  berilgan  tovarlar 
qiymatini  ularni  sotib oigan  shaxs  hisob-varag‘ida qarzdorlik sifatidagi 
yozuvi  shaklida  am alga  oshiradi,  im porty or  esa  olingan  kreditni 
m uddatida  so‘ndirish  t o ‘g ‘risidagi  majburiyatni  o ‘z  zimmasiga  oladi. 
Ochiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  kredit  tovarlarnmg  m u n ta z am   asorda 
yetkazib  berilishi,  majburiyatlarning  esa  oynirg  o ‘rtasi  yoki  oxirida 
davriy  ravishda  s o ‘ndirilib  boriiishi  sharoitlarid;.  qoTianiladi.
F irm a  kreditlarining  ko‘rinishiandan  biri  bo‘lib  importyorning 
bo ‘nak  to'lovi  (sotib  olish  bo'naki)  hisoblanadi  E¡o‘nak  t o ‘lovi  shart- 
nom a  im zolanganidan  so‘ng  imporcyor tom onidan,  odatda,  buyurtm a 
berilgan  m ashina,  jihoz  va  kemalar  qiymatinmp!  10—15  foizi  (ba’zida 
hundan  ortiq)  m iqdorida  xorijnk  tovar  yetka/io  beruvchi  fovdasiga 
amalga  oshiriladi.  Sotib  olish  bo'nagi  xalqaro  hisob-kitoblar  hamda 
eksportni  kreditlash  va  bir  vaqtning  o ‘zida  xorijlik  sotib  oíuvchi 
majburiyatlarini  kafolatlashning  shakllaridan  biri  bo ‘lib  xizmat  qiladi, 
chunki  im portyor  buyurtm a  berilgan  tovarlarni  qaytarmasdan  qabul 
qilishi  lozim.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə