O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124

chiqarish  kuchlari  rivojlanishining  tezlashishida  o ‘z  aksini  topadi. 
U sh b ud a  ularning  o 'z a ro   aloqasi  aks  etadi.  X alqaro  kredit  tashqi 
iqtisodiy  aloqalarga  va  pirovard  oqibatda  takror  ishlab  chiqarishga 
t a ’sir  etuvchi  b o g io v chi  b o ‘g ‘in  ham da  uzatkich  m exanizm i  rolini 
o'ynaydi.  Ishlab  chiqarish  o'sishining  mahsuli  b o ‘lgani  hold a   xalqaro 
kredit  bir  vaqtning  o'zida  uning  zaruriy  sharti  va  katalizatori  b o ‘lib 
ham   hisoblanadi.  U  ishlab  chiqarish  va  m u o m a la   jarayonlarin ing 
baynalmilallashuvi, jahon bozorining shakllanishi  h a m d a   rivojlanishiga 
ko‘maklashadi va xalqaro m ehnat taqsimotini chuqurlashtiradi.  Xalqaro 
kredit  takror ishlab chiqarish jarayonini  quyidagi y o ‘nalishlar bo'yicha 
tezlashishiga  k o ‘maklashadi:
M amlakatlarning  kredit  siyosati  jah o n   bozorlarida  kreditor  m am - 
lakat  m av qeiann i  mustahkamlash  vositasi  bo'lib  xizm at  qiladi.
B irin ch idan,  xalqaro  kredit  k red ito r  m a m la k a tla r  m avqelarini 
o ‘stirgan  holda  olingan  foydalarni  qarzdor  m am lak atlardan  o'tkazish 
u c h u n   ishlatiladi.  Shu  bila n   b irg a lik d a   s s u d a la rn i  f o iz la r   bilan  
qaytimining  jam iyat  sof  darom adining  m a ’lum  bir  hajm id a n   oshgan 
yillik  t o ‘lovlari  qarzdor  m a m la k a tla rd a   m azkur  j a m g ’arm a la rn in g  
shakllanish  manbalariga  salbiy  t a ’sir  etadi.
Ikkinchidan,  xalqaro  kredit q arzdor m am lakatlarda kreditor m a m ­
lakatlar u c h u n  qulay bo'lgan  iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi 
ham da  mustahkamlanishiga  ko‘maklashadi.
Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, j a h o n  xo‘jalik 
aloqalari  yangi  shakllarining  paydo  bo'lishi  xalqaro  kreditning  turli 
shakllari  rivojlanishiga  obyektiv  asos  bo'lib  xizmat  qiladi.
Xalqaro  kreditning  shakllari. 
X alqaro  kreditning  turli  shakllarini 
kredit  m unosabatlarining ayrim to m o nlarin i xarakterlovchi bir nechta 
m u h im   o m illarig a  k o ‘ra  u m u m i y   aso sd a   q u y id a g ic h a   tasniflash  
mumkin:
—  manbalarga  ko‘ra  tashqi  savdoni  kreditlash  h a m d a   moliyalash- 
tirishning  ichki,  xorijiy  va  aralash  turlari  farqlanadi.  U la r  o ‘zaro 
yaqindan  bog‘liqdir  ham da  eksportyordan  im po rty orgacha  b o ‘lgan 
tovar harakatining barcha bosqichlariga xizmat k o ‘rsatadi.  T ov ar sotuv 
jarayoniga  qanchalik vaqin  b o ‘lsa,  odatda,  xalqaro  kreditning shartlari 
qarz  oluvchiga  shunchalik  yoqimli  b o ‘ladi;
—  belgilanishiga  ko‘ra  tashqi  iqtisodiy  bitim n ing   qaysi  biri  qarz 
m ablag'lari  hisobiga  qoplanishiga  b o g ‘liq  h o ld a   qu yid ag ila r  farq­
lanadi:
1) tashqi savdo va xizmatlar bilan bevosita bog‘liq tijorat  kreditlari;


2)  har qanday boshqa  maqsadlarga,  shu jum ladan to 'g ‘ridan -to ‘g ‘ri 
amalga  oshiriladigan  kapital  q o ‘yilmalarga,  investitsion  obyektlar 
qurilishiga,  qimmatli  qog‘ozlar sotib olishga, tashqi qarzni so'ndirishga, 
valuta  intervensiyasiga  ishlatiladigan  moliyaviy  kreditlar;
3)  kapital,  tovarlar va xizmatlarni chetga olib  chiqilishining aralash 
shakllariga  x izm at  k o 'rsa tish g a   m o ‘ljallangan  «oraliq»  kreditlar. 
Masalan,  pudrat  ishlari  (injiniring)ni  amalga  oshirish  shaklida;
—  turlariga  k o ‘ra  kreditlar  eksportyorlar  to m o n id a n   o ‘z  sotib 
oluvchilariga tovar shaklida va banklar tom onidan pul shaklida taqdim 
etiladigan  valuta  turlariga  b o ‘linadi.  Ayrim  holatlarda  valuta  krediti 
jihozlar  yetkazib  berish  b o ‘yicha  tijorat  bitimi  .-.hartiaridan  biri  b o ‘lib 
hisoblanadi  va  import  jihozlar  zaminida  obyekt  qurilishi  yuzasidan 
mahalliy  xarajatlarni  kreditlash  u c hun  ishlatiladi;
—  qarz valutasiga  ko‘ra qarzdor mamlakat yoki  kreditor-mam lakat 
valutasida,  uchinchi  m am lakat  valutasida  ham da  S D R  valuta  savatiga 
aso sla n g a n   x alq aro  hisob  v a lu ta sid a   ta q d im   e tila d ig a n   x alqaro 
kreditlarga  farqlanadi;
—  muddatlariga  ko‘ra  xalqaro  kreditlar:  qisqa  muddatli  —  1  yil- 
gacha, ayrim holatlarda  18  oygacha  (o‘ta qisqa muddatli —  3  oygacha, 
bir  sutkalik  va  bir  haftalik),  o ‘rta  muddatli  —  1  yildan  5  yilgacha, 
u zoq  m u d d atli  —  5  yildan  ziyod  m uddatlarga  beriladigan  kredit 
turlariga boMinadi.  Ba’zi  m amlakatlarda  7  yilgacha  muddatga berilgan 
kreditlar  o ‘rta  m uddatli,  7  yildan  ortiq  muddatga  berilgan  kreditlar 
esa  uzoq  muddatli  b o ‘lib  hisoblanadi.  Qisqa  muddatli  kredit,  odatda, 
tadbirkorlarni  aylanma  kapital  bilan  ta ’minlaydi  va  nosavdo,  sug‘urta 
ham d a  chayqov  bitimlariga  xizmat  ko'rsatgan  holda  tashqi  savdo  va 
xalqaro  t o ‘lovlar  m uom alasida  qo'llaniladi.  Uzoq  m uddatli  xalqaro 
kredit,  odatda,  asosiy  ishlab  chiqarish  vositalariga  investitsiya  qilish 
u c h u n   m o ‘lja lla n g a n   b o i i b ,   m a s h in a la r   va  b u tlo v c h i  j ih o z l a r  
eksportining 85  foizi  hajmiga ham d a tashqi  iqtisodiy munosabatlarning 
yangi  shakllari  (yirik  k o ‘lamdagi  loyihalar,  ilmiy  tekshirish  ishlari, 
yangi  texnikajoriy etilishi)ga xizmat  ko'rsatadi.  Agarda qisqa  muddatli 
kreditning muddati uzaytirilsa,  unda u o ‘rta muddatli,  ayrim holatlarda 
esa  uzoq  muddatli  kreditga  aylanadi.  Qisqa  muddatli  kreditlarning 
o ‘rta  va  uzoq  m uddatli  kreditlarga  aylanishi jarayonlarida  davlat  kafil 
sifatida  faol  ishtirok  etadi;
—  t a ’m inlanganlik  tam oyiliga  ko‘ra  t a ’m in lan g a n   va  blankali 
kreditlarga  farqlanadi.  Kreditning  t a ’minoti  b o ‘lib,  odatda,  tovarlar, 
tovarga  egalik huquqini  beruvchi va boshqa  tijorat  hujjatlari,  qimmatli


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə