O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124

moliya m exanizm i tuzilishi jih atd an  m urakkab tizim hisoblanib,  uning 
tarkibiy  qism i  xilm a-xil  m oliya  m u n o sa b a tla rid a n   tash k il  etishi 
hisoblanadi.  Bunday  holatlarda  davlatning  vakolatli  organlari  to m o - 
nidan  b u n d a y   x o ‘jalik  subyektlari  u c h u n   ular  b a rc h a   soliq lar  va 
yig‘imlarni  t o ‘lab  b o ig a n id a n   so‘ng  ular  ixtiyorida  qoladigan  moliya 
resurslaridan  foydalanishning  faqat  u m u m iy   tartib-qoidalarini  o ‘rna- 
tadi.  X o‘jalik  subyektlari  esa  ixtiyorida  qolgan  moliya  resurslaridan 
foydalanishning  shakllari,  pul jam g'arm alari  turlarini  mustaqil  tarzda 
ishlab  chiqadilar.
Moliyani  boshqarishda  davlat  to m o n id a n   puxta  va  m u k am m a l 
ishlab  chiqilgan  faoliyat  olib  borishlikni  ham d a  bu  faoliyatda  moliya 
mexanizm idan  oqilona  foydalanishni  talab  etadi.
O 'zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotining  b o sqichm a-bosqich  bo- 
zor  m unosabatlariga  o ‘tishi,  iqtisodiy  islohotlarning  chuqurlashuvi 
h a m d a   m ulkchilikni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  aksiyadorlik 
jamiyatlariga aylantirish jarayoni  natijasida  moliya  mexanizm i bir qator 
o ‘zgarishlarni  amalga  oshirdi.  Bunga  quyidagi  omillar  bevosita  t a ’sir 
ko'rsatdi:
1.  B u d je tla ra ro   m u n o s a b a tla r   s ifa ta n   o 'z g a r i s h in i n g   a m a lg a  
oshirilishi.  M ahalliy  budjetlar  xarajatlarning  sarflanishida  katta  vako- 
latga  ega  b o ‘lishdi,  ulardagi  mavjud  budjet  taqchilligi  (defitsiti)  davlat 
budjeti  tarkibiga  kiritildi.
2.  Davlat  budjetining  taqchilligi  asosan  O 'zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi  tom onidan  m uom alaga  davlatning  qisqa  m uddatli 
obligatsiyalari va davlat o ‘rta  muddatli g'azn a majburiyatlarini  chiqarish 
yordamida  qoplanishi  amalga  oshirilmoqda.
3.  Davlat  budjetidan tashqari  maqsadli budjetdan  tashqari ja m g 'a r-  
malar tashkil  etildi  (Respublika  yo'l ja m g ‘armasi.  davlat  bandlik ja m -  
g'arm asi,  pensiya  ja m g ‘armasi  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 
Mulki  Q o ‘mitasining  maxsus  fondi).
4.  M am lakatda moliyani  boshqarishda o'zgarishlar amalga oshirildi. 
( 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o'm itasi,  Hisob  palatalari 
taslikil  etildi).
5.  Davlat  va  xususiylashtirilgan  xo'jalik  subyektlari  o 'rta sid a g i 
o'zaro  m unosabatlar  soliq  toMash  asosiga  o'tkazildi.
6.  Milliy  q im m atli qog‘ozlar b o z o rin in g  tashkil  etilishi  natijasida 
x o ‘jalik  suby ek tlarini  m uom alaga  k o rp o ra tiv   q im m atli  q o g ‘o z la rn i 
chiqarish  ta r tib -q o id a s i  o'zg ard i  va  b u   jara y o n   q a ttiq   n a z o r a tg a  
olindi.


Yuqoridagi  omillar  esa  iqtisodiyotning  bozor  munosabatlari  sha- 
roitiga  o'tish  davrida  bu  jarayonlar  talabiga javob  beradigan  oqilona 
moliya siyosati olib borishlikni  talab  etadi.  Moliya  siyosati  olib borili- 
shida  moliya  mexanizmi  mohiyatining juda  kattaligiga  guvoh  b o ‘ldik. 
Oqilona tashkil qilingan moliya mexanizmi xo'jalik subyektlarida ishlab 
chiqarishni  rivojlantirishga va mamlakat  mintaqalarining moddiy m an- 
faatdorligini  oshirishga  h a m d a   budjet  mablag‘lari  tejamkorlik  bilan 
sarflanishini  to ‘g ‘ri  yo'lga  qo'yishiga  xizmat  qiladi.
3 .5 .  M oliya  tizimi  va  uning  bo‘g ‘inlariga  tasnif
Iqtisodiy adabiyotda  «moliya  tizimi»  tushunchasi  ikki  xil  m a’noda 
talqin  etiladi.  Ulardan  birinchisi  asosan  pul  operatsiyalari  bilan  shu- 
g ‘ullanuvchi  xo‘jalik  subyektlari  (tijorat  banklari,  investitsiya  fondlari 
va  konipaniyalari)  faoliyatining  yig‘indisidan  iboratligini  anglatadi. 
Ikkinchisi  esa butun  moliya munosabatlari  tizimidan  iboratliligini  ang­
latadi,  lekin  bu «tizim» tushunchasi  o ‘zaro bog'liqlikni  bildiradi.  Bunga 
asosan  alohida  olingan  moliya  munosabatlari,  uning  ishtirokchilari  va 
b o ‘g‘inlariga  vaholanki  moliya  tizimiga  ta ’rif berish  mumkin.  Moliya 
tizimi — turli  moliya munosabatlarining yig‘indisi  hisoblanib, bu muno- 
sabatlar jarayonlarida  xo ‘jalik  yurituvchi  subyektlar va  davlatning  pul 
m ablag'lari  jam g'arm alari  turli  shakllar  h a m d a   usullar  yordam ida 
shakllanadi,  taqsimlanadi  va  sarflanadi.
Moliya  tizimini  moliya  munosabatlari  ishtirokchilarining  o ‘ziga 
xos  xususiyatiga  asosan  4-ch izm ad a  ko'rish  mumkin.
C hizm adan  ko‘rinib  turibdiki,  moliya  tizimi  ikki  asosiy  va  o'zaro 
bog‘langan  b o ‘g‘inostidan  iborat.  Birinchisiga,  markazlashgan  moliya 
kirib,  u  iqtisodiyot  m iqyosida  kengaytirilgan  ishlab  chiqarishning 
ehtiyojlarini vajam iyat aholisining ijtimoiy guruhlarini  ijtimoiy himoya 
qilish  uch u n   kerakli  moliya  mablag‘lari  bilan  t a ’minlash  vazifasini 
amalga  oshiradi.  Ikkinchisiga  xo'jalik  subyektlarining  moliyasi  kirib, 
u   alohida  olingan  subyektlarning  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  pul 
mablagMari  bilan  t a ’m inlashni  amalga  oshiradi.
M oliya  tizim ining  m arkazlashm agan  moliya  b o ‘g ‘inosti  moliya 
tizimining asosi hisoblanadi,  chunki  xo‘jalik subyektlarining moliyasida, 
y a ’ni  asosan  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasida  moliya  resursiarining 
asosiy  qismi  shakllanadi.  X o ‘jalik  subyektlarining  moliyasi,  moliya 
tizim ining  bo‘g‘ini  sifatida  m amlakatdagi  pul  mablag'lari  jaing‘ar- 
m alarining  manbayi  hisoblangan  milliy  d aro m ad  yaratiladi.  Shuni


4-chizma.  0 ‘zbekiston  R espublikasida  m olivani  boshqarish  tizim i.
a lo h id a ta ’kidlash  lozimki,  markazlashmagan  moliya pul  mablag'larining 
h olatidan  m amlakatning  moliya  holati  bevosita  bog'liqdir.  Chunki 
m arkazlashmagan  moliya  b o ‘g ‘inostida yaratilgan  milliy darom ad ning  
m iqdori  qanchalik  ko‘p  bo'lsa,  markazlashgan  moliya  b o ‘g ‘inostiga 
k o ‘p  m ablag‘  tushishi  amalga  oshadi.
X o ‘jalik  subyektlari  o'zining  faoliyati  asosida  o ‘ziga  xos  guruh- 
lard a n ,  y a ’ni  sanoat,  savdo,  q ish loq   x o ‘jaligi,  x izm a t  k o ‘rsatish, 
transport  va  boshqa  sohalardan  tashkil  topgan.  0 ‘z  vaqtida  xo‘jalik 
subyektlari  o ‘zlarining  mulkchilik  shakliga  asosan  guruhlarga  b o ‘linib 
ketadi,  y a ’ni  davlat  korxonalari,  davlat  u n ita r   korxonalari,  ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlari, yopiq aksiyadorlik jam iyatlari,  xorijiy sarmoya


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə