O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124

foizdan  12,7  foizgacha,  kapitallar eksportida  70-yillar ichida  20 foizga 
pasayishi  mamlakat  t o ‘lov  balansi joriy  operatsiyalarining  m untazam  
kam om adiga  olib  keldi.  AQ SH ning  1990-yillardagi  uzoq  muddatli 
iqtisodiy  ko'tarilishi  A Q S H ga  yana  jah o n   iqtisodiyoti  va  Xalqaro 
moliyadagi  iqtisodiy  peshqadamlikni  qaytarib  olish  imkonini  berdi. 
Yuqorida  zikr  etilgan  uch  markaz,  ya’ni  A Q SH ,  G 'arbiy Yevropa  va 
Y ap o n iy a  o ‘rtasidagi  qaram a-q a rsh ilik   ularn ing  to 'lo v   balanslari 
holatida  o ‘z  aksini  topadi;
b) 
Iqtisodiyotning siklli tebranishlari. T o ‘lov balanslarida mamlakat 
xo'jalik hayotidagi tebranishlar, ko‘tarilishlar va tushkunliklar o ‘z aksini 
topadi.  Chunki mamlakat icliki iqtisodiyotining holatiga tashqi iqtisodiy 
operatsiyalar  b o g iiq .  S anoat  sikllari  mexanizmi  bilan  bog‘liq  t o ‘lov 
balansining  tebranishlari  m am lakat  ichki  iqtisodiy  siklli  jarayonlarini 
bir mam lakatdan boshqa mamlakatlarga o ‘tib ketishiga ko‘maklashadi. 
Ishlab  chiqarishning  o ‘sishi  yoqilg'i,  xomashyo,  jihozlar  importining 
o ‘sishiga,  pasayishi  esa  tovarlar olib  kirish  hajmining  qisqarishiga  olib 
keladi.  Tovarlar,  kapitallar,  xizmatlar  eksporti  ja h o n   bozori  sharoit- 
larining  o'zgarishiga  m olik  b o ia d i.  Xo‘jalik  rivojlanishining  sustligida 
kapitalning chetga chiqishi  ko'payadi.  Iqtisodiyotning jadallab  rivojla- 
n ish id a ,  y a ’ni  f o y d a la r  o 's g a n ,  m am la k a td a   kredit  ekspansiyasi 
kuchaygan,  foiz stavkasi k o ‘tarilgan paytda kapitalning chetga chiqishi 
pasayadi.  Zam o naviy  iqtisodiy  siklning  asinxronligi  sababli  uning 
tebranishlari  t o ‘lov  balansiga  t o ‘g‘ridan-to'g ‘ri  emas,  balki  egri  ta’sir 
etad i.  J a h o n   iq tisodiy  inqirozlari  u  yoki  bu  m am la k a tla r  t o i o v  
balanslarining  yirik  k o la m d a g i  kamomadlariga  olib  keladi;
d)  Davlatning xorijdagi xarajatlarining o ‘sishi.  T o ‘lov balansi  uchun 
og ‘ir  yo‘q  bo‘lib,  turli  siyosiy  va  iqtisodiy  maqsadlarga  qaratilgan, 
h ukum atning  tashqi  xarajatlari  hisoblanadi;
e)  Iqtisodiyotning  militarizasiyasi  va  harbiy xarajatlar.  AQ SH ning 
t o ‘lov  balansida  aks  etadigan,  xorijdagi  xarajatlarining  asosiy  qismi 
h a rb iy   m aq s a d la rg a   m o 'lja lla n g a n .  H a rb iy   xara jatlarn in g   t o ‘lov 
balansiga egri ta ’siri birinchi navbatda ularni ishlab chiqarish sharoitlari 
va  iqtisodiy o ‘sishning  s u r’atlariga  bo'lgan  t a ’sirida,  harbiy b o ‘lmagan 
tarm o q lardan   yulib  olinayotgan  resurlarda  o ‘z  aksini  topadi.  Agar 
e k s p o rt  t a r m o q la ri  h a r b i y   b u y u rtm a la r  bila n   bosib  y u b o rilg a n , 
tovarlarni chetga olib chiqishni kengaytirishga m o ‘ljallangan mablag‘lar 
h a rb iy   m aq sadlarga  y o ‘naltirilgan  b o ‘lsa,  m a m la k a tn in g   e k sp ort 
qobiliyati  qisqaradi.  Qurollarning  o ‘sishi  harbiy-strategik  tovarlar  shu 
j u m la d a n ,  tinchlik  vaqtidagi  iste’mol  m e ’yorlaridan  ortiq  b o i g a n


hajm da  ko‘p  turdagi  xomashyolar  (neft,  kauchuk,  rangli  metallar) 
importini  oshiradi;
f)  Xalqaro moliyaviy bog‘liqlikning kuchayishi.  Zam onaviy sharoit- 
lard a   m o liy av iy   o q im la rn in g   h a ra k a ti  x a lq a ro   iq tis o d iy   m u n o -  
sabatlarning  m uhim   shakllaridan  biriga  aylandi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida 
chetga  kapitallarni  olib  chiqishni,  ssuda  kapitallari  ja h o n   bozorining 
(Yevrobozorlarni  o ‘z  ichiga  oigan  holda)  rivojlanishini,  shartn om a 
shartlarining  erkinlashishi  sharoitida  moliyaviy  bozorlarning  o ‘sishi 
bilan  asoslanadi.  Natijada mamlakatlarning moliyaviy o ‘zaro bog‘liqligi 
ularning  o ‘zaro  tijorat  bog‘liqligidan  ustunroq  b o ‘lib  qoldi.  Bu  esa 
valuta va kredit tavakkalchiliklarini,  birinchi  navbatida qarz oluvchining 
t o ‘lovga  layoqatsizligini  kuchaytirib  yuboradi.  1980— 1990-yillardagi 
jahon qarzlar inqirozi va  1997— 1998-yillardagi valuta-moliya  inqirozlari 
ushbu  tavakkalchiliklar  xavfliligini  ochib  tashladi;
g)  Xalqaro  savdodagi  o ‘zgarishlar.  Ilmiy-texnik  inqilob,  x o ‘jalik 
rivojlanishining  sur’atlarini  o ‘sishi,  yangi  energetika  bazasiga  o'tilishi 
Xalqaro  iqtisodiy  aloqalarda  tarkibiy  o'zgarishlarni  keltirib  chiqaradi. 
Tayyor  m ahsulotlar  bilan,  shu ju m la d a n   intellektual  tovarlar,  neft  va 
energo  resurslar  bilan  savdo  qilish  sur’ati  oshdi.  1970-yillarning  oxiri 
va  1980-yillarning  boshida  neftga  baholarning  t o ‘satdan  18  barobar 
oshib  ketishi  neft  importyori  boMmish  m am lakatlar  t o ‘lov  balansi 
joriy  operatsiyalarining  kamom adiga  olib  keldi.  Tovarlar  oqim ining 
geografiyasida  rivojlangan  davlatlar orasidagi  alm ashuvning  kengayish 
tarafiga  qarab  o ‘sishi,  rivojlanib  borayotgan  m am lakatlar  ulushining 
ularning tashqi  savdosida qisqarib borishi  holatida yuzaga keladi  (jahon 
savdosining  70%,  Yevropa  Ittifoqi  m am lakatlari—38%).  Rivojlangan 
davlatlarning  o'z a ro   savdosi  ular  eksportining  80  foizini  o ‘z  ichiga 
oladi  (Yevropa  Ittifoqi  m am lakatlari—58%),  rivojlanib  borayotgan 
m am lakatlar  orasidagi  savdo  esa  ular  eksportining  1/4  qismini  tashkil 
etadi.  Bunday  hoi  jahon  bozoridagi  raqobat  kurashini  kuchaytirib 
yuboradi;
h)  T o ‘lov  b a la n s ig a   v a l u t a - m o l i y a v i y   o m i l l a r i n i n g   t a ’siri. 
Devalvatsiya  odatda,  eksportni,  revalvatsiya  esa  im p o rtn i  rag ‘bat- 
lantiradi.  Jah o n   valuta  tizimining  barqarorsizligi  Xalqaro  savdo  va 
hisob-kitoblar  sharoitlarini  yom onlashtiradi.  Milliy  valuta  kursming 
pasayishi  kutilgan  holda  eksport  va  im port  b o ‘yicha  t o ‘lov  m u d d a t- 
larining  o ‘rnidan  siljishi  ro‘y  beradi,  y a ’ni  im portyorlar  t o ‘lovlarni 
tezlashtirishga,  eksportyorlar esa  aksincha  xorijiy valutadagi  tu sh u m n i 
olishni  kechiktirishga harakat qiladilar («lidz end legz» siyosati).  Xalqaro


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə