O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124

hisob-kitoblar  muddatlaridagi  kichik  bir  qisqa  uzilish  mamlakatdan 
kapitailarni  chetga  oqib  ketishiga  olib  kelishi  m um kin.  Baho va to'lov 
valutasi sifatida ishlatilayotgan yetakchi valutalar kurslarining tebranishi 
ko ‘pchilik  davlatlarning  t o ‘lov  balanslariga  t a ’sir  etadi;
i) 
Inflatsiyaning  to'lov  balansiga  salbiy ta ’siri.  B unday  holat,  ya’ni 
baholarni pasayishi milliy tovarlarning eksportini qiyinlashtirib,  raqobat- 
doshligini pasaytirgan, tovarlar importini  rag‘batlantirgan va kapitailarni 
xorijga  chiqib  ketishiga  imkon  bergan  paytda  vujudga  keladi;
j)  Favqulodda  holatlar  —  hosilning  bo'lmasligi,  tabiiy  ofatlar, 
halokatlar  va  shu  kabilar  t o ‘lov  balansiga  salbiy  t a ’sir  etadi.
8 .4 .  Valuta  siyosati
Valuta siyosatining yo'nalishlari va shakllari  mamlakatlarning valuta- 
iqtisodiy  holati,  ja h o n   x o ‘jaligining  evolutsiyasi,  j a h o n   arenasidagi 
kuchlar joylashishi bilan belgilanadi.  Turli tarixiy bosqichlarda birinchi 
qatorga  valuta  siyosatining  aniq  vazifalari  chiqadi:  valuta  inqirozini 
b artaraf  etish  va  valuta  barqarorligini  ta ’minlash;  valuta  cheklovlari, 
valutani  erkin  ayirboshlanishiga  o ‘tish,  valuta  operatsiyalarini  erkin- 
lashtirish  ha m d a   shu  kabilar.
V aluta  siyosati  m am la k a tla r  o'zaro  aloqalari  tam oyillarini  aks 
ettiradi:  nisbatan  kuchsiz  (birinchi  navbatda  rivojlanib  borayotgan) 
ham ko rlar kamsitilishini  keltirib  chiqaruvchi  hamkorlik va kelishmov- 
chiliklar,  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashuv.
Valuta  siyosati  maqsad  va  shakllariga  ko 'ra   tarkibiy  ham da  joriy 
siyosatlarga  bo'linadi.  Tarkibiy  valuta  siyosati  —  bu,  ja h o n   valuta 
tizim ida  tarkibiy  o ‘zgarishlarni  amalga  oshirishga  y o ‘naltirilgan  uzoq 
m uddatli  chora-tadbirlar  yig‘indisidir.
U  b a rc h a   m a m la k a tla r  m anfaatida  valuta  tam o y illarini  tako- 
millashtirish  maqsadida  valuta  islohotlari  shaklida  amalga  oshiriladi 
va  m u a y y a n   valutalarga  im tiy o z lar  berilishi  u c h u n   kurash   bilan 
h am o h a n g   olib  boriladi.
Tarkibiy valuta siyosati joriy siyosatga t a ’sir k o ‘rsatadi.  Joriy valuta 
siyosati  —  bu,  valuta  kursi,  valuta  operatsiyalari,  valuta  bozori  va 
oltin  bozori  faoliyatini  kunlik,  tezkor  muvofiqlashtirishga  qaratilgan 
qisqa  m uddatli  chora-tadbirlar  yig‘indisidir.
Valuta  siyosatining shakllari. 
Valuta siyosatining quyidagi shakllari 
qoMlaniladi:  diskont,  deviz  siyosati  va  uning  turlaridan  biri  bo'lmish 
v alu ta  intervensiyasi,  valuta  zaxiralarining  diversifikasiyasi,  valuta


cheklanishlari,  valuta;arni  almashinish  darajalarini  muvofiqlashtirish, 
valuta  kursi  rejimi,  devalvatsiya,  revalvatsiya.
Diskont  (hisob  yuritish)  siyosati  —  bir  to m o n d a n   kapitallarni 
xalqaro harakatiga valuta kursi va  to'lov balansini,  ikkinchi to m o n d a n  
ichki  kreditlar,  pul  massasi,  baholar,  yalpi  talab  dinamikasini  t a ’sir 
etishi  orqali  muvofiqlashtirishga  yo'naltirilgan  Markaziy  b ank   hisob 
y uritish  stavkasining  o'zgarishi.  M a salan,  passiv  t o ‘lov  bala n sid a  
kapitallarni  nisbatan  erkin  harakatlana  olishi  sharoitida  hisob  yuritish 
stavkasining  ko'tarilishi  foiz  stavkalari  nisbatan  past  bo 'lgan  m a m -  
lak a tla rd an   kapitallar  oqib  kelishining  ra g ‘ba tla n tirish i  va  m illiy 
kapitallarni  m am lakatdan  oqib  ketishining  oldini  olishi  m um k in .  Bu 
esa  o ‘z  navbatida  to'lov  balansi  holatining  yaxshilanishi  va  valuta 
kursining  ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Rasmiy stavkani  pasaytirgan ho ld a  
Markaziy  bank  toUov  balansi  aktiv  saldosini  va  o ‘z  milliy  valutasi 
kursini  pasaytirish  maqsadida  milliy  ham da  xorijiy  kapitallarni  oqib 
ketishiga  ishonadi.
Zamonaviy  sharoitda  diskont  siyosatining  samaradorligi  pasaydi. 
Bu esa uning ichki va tashqi  maqsadlarining o ‘zaro qarama-qarshiligini 
kuchayganligi  bilan  izohlanadi.  Agar  foiz  stavkalari  k o n y u n k tu ra n i 
jonlantirish  maqsadida  pasaytirilayotgan  bo'lsa,  bu  kapitallarni  oqib 
ketishini  keltirib  chiqargan  holda  t o ‘lov  balansiga  salbiy  t a ’sir  etadi. 
T o 'lo v   balansi  holatini  yaxshilash  m aqsadida  hisob  yuritish  stavkasini 
ko'tarilishi,  agarda u tushkunlik holatida bo'lsa,  mamlakat iqtisodiyotiga 
salbiy ta ’sir etadi.  Diskont siyosatining mahsuldorligi mamlakatga xorijiy 
kapital  oqib  kelishiga  bog'liqdir,  am m o  barqarorsizlik  sharoitida  foiz 
stavkalari  ham m a  vaqt  ham   kapitallar  oqim ini  belgilab  beravermaydi. 
Kapitallar va  kreditlar xalqaro  harakatini  muvofiqlashtirish  h a m   hisob 
y u r itis h   siyosatini  t o 'lo v   b a la n s ig a   b o 'l g a n   t a ’sirini  b i r m u n c h a  
pasaytiradi.
Bu  yerdan  diskont  siyosatining  qisqa  muddatliligi  va  nisbatan  past 
samaradorliligi  kelib  chiqadi.  Yetakchi  davlatlar,  birinchi  navbatda 
A Q S H n in g   diskont  siyosati  milliy  m anfaatlarga  zid  ravish da  foiz 
stavkalarni  ko'tarish yoki pasaytirishga m ajbur bo 'lg an  raqobatchilarga 
salbiy  t a ’sir  etadi.  N atijada  vaqti-vaqti  bilan  foizlar  u rushi  payd o 
bo'lib  turadi.
Deviz siyosati.  Bu,  milliy valuta kursiga davlat organlari to m o n id a n  
xorijiy  valutani  (deviz)  oldi-sotdisi  orqali  t a ’sir  etish  uslubidir.  Milliy 
valuta  kursini  ko'tarish  m aqsadida  M arkaziy  bank  xorijiy  valutani 
milliy  valutaga  sotadi,  pasaytirish  u c h u n   esa  aksincha  sotib  oladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə