O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124

1) Xalqaro pul to'lovlari va kapital o ‘tkazmalarini muvofiqlashtirish
eksport  tushumi,  foyda,  oltin  harakati,  pul  belgilari  h a m d a   qimmatli 
qog‘ozlar  repatriatsiyasi;
2)  xorijiy  valutaning  erkin  oldi-sotdisini  taqiqlash;
3)  xorijiy  valuta  va  boshqa  valuta  qimmatliklarining  davlat  q o‘lida 
to ‘planuvi.  Shu jum ladan,  t o ‘lov  hujjatlari  (cheklar,  veksellar,  akkre- 
ditjvlar va  boshqalar),  nom inali xorijiy valutada k o ‘rsatilgan  qimmatli 
qog'ozlar,  qim m atbaho  metallarning  t o ‘planuvi.
8 .5 .  Xalqaro  hisob-kitoblar,  ularning  shakllari
Xalqaro hisob-kitoblardagi  o ‘zgartirishlarning paydo boMishi  hamda 
u larn in g   y a n a d a   takom illashib  borishi  tovar  ishlab  chiqarish  va 
m uom ala  jarayonining  rivojlanishi  ham da  baynalmilallashuvi  bilan 
bog‘liqdir.  Tovarlarni  ishlab chiqarish va ularni sotish  davrlarini  o ‘zaro 
muvofiq  kelmasligi  h a m d a   iste’m ol  bozorlarining  uzoqligi  tufayli 
xalqaro  muomaladagi  qiymatlar  harakatining  nisbatan  mustaqil  bo‘lib 
qolgan shakli xalqaro hisob-kitoblarda o ‘z aksini topadi.  Xalqaro hisob- 
kitoblar  tovarlar  va  xizmatlar  bilan  tashqi  savdo  h a m d a   notijorat 
opcratsiyalar,  kreditlar va  mamlakatlararo  kapitallar harakati  bo‘yicha 
hisob-kitoblarni  qamrab  oladi.
Xalqaro  hisob-kitoblar  —  turli  mamlakatlar  fuqarolari  va  yuridik 
shaxslari  o 'rtasid a  iqtisodiy,  siyosiy  ham da  madaniy  m unosabatlar 
tufayli  vujudga  keladigan  pul  talablari  va  m ajburiyatlar  b o'yicha 
to'lovlarni  muvofiqlashtirishdir.  Xalqaro  hisob-kitoblar bir tom ondan, 
am aliyotda  shakllangan  va  Xalqaro  hujjatlar  ham da  u d um lar  bilan 
m ustahkam langan  t o ‘lovlarni  amalga  oshirish  shartlari  va  tartibini, 
ikkinchi  to m o n d a n   ushbu  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  yuzasidan 
kunlik  amaliy faoliyatni  o ‘z  ichiga oladi.  Hisob-kitoblarning eng  katta 
hajmi bank  hisob-varaqlarida yozuvlarni  amalga oshirish orqali  naqdsiz 
pul  o'tkazish  yo'li  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunda jahonning  eng  yirik 
banklari  xalqaro  hisob-kitoblarda  yetakchilik  rolini  o ‘ynaydi.  Mazkur 
b a n k la rn in g   xalqaro  h isob-k itoblarga  b o ‘lgan  t a ’sir  darajasi  ular 
joylashgan  m am lakat  tashqi  iqtisodiy  aloqalari,  milliy  valutasining 
ishlatilish  ko‘lam lari,  ixtisoslashganligi,  moliyaviy ahvoli, ishbilarmonlik 
mavqei,  vakil  banklar  tizimiga  bevosita  bog'liqdir.
Banklar hisob-kitoblarni  amalga oshirish  uchun  o ‘zlarining  xorijiy 
b o iim la ri va xorijiy banklar bilan o ‘rnatilgan vakillik munosabatlaridan 
foydalanadilar.  Xorijiy  banklar  bilan  vakillik  munosabatlari  o'rnatil-


ganda «loro»  (xorijiy banklarning m azkur bankda ochgan  hisob-varag'i) 
va «nostro»  (mazkur bankning xorijiy banklarda ochgan  hisob-varag‘i) 
hisobvaraqlari  ochiladi.  Vakillik  m unosabatlari  hisob-kitoblar  tartibi, 
vositachilik  haqining  hajmi,  ishlatilib  boMingan  mablagMarni  t o ‘latish 
uslublarini  belgilab  beradi.  Xalqaro  hisob-kitoblarni  o ‘z  vaqtida  va 
sam a rali  a m a lg a   o shirish  u c h u n   b a n k la r ,  o d a td a ,  k u tila y o tg a n  
to'lovlarning  tarkibiy  tuzilishi  ha m d a   muddatlariga  muvofiq  ravishda 
zarur  bo'lgan  va  turli  valutalarda  ifodalangan  valuta  pozitsiyalarini 
t a ’minlab  turadilar  ham da  o ‘z  valuta  zaxiralarini  diversifikasiyalash 
siyosatini  o ‘tkazadilar.  Banklar nisbatan  yuqori  foyda  olish  m aqsadida 
o ‘z  valuta  aktivlarini  jahon  ssuda  kapitallari  bozorida,  shu ju m la d a n  
Yevrobozorda joylashtirishni  afzal  ko‘rgan  holda «nostro»  hisob-varaq- 
laridagi  minimal  qoldiqlarm  t a ’minlashga  harakat  qiladilar.
Xalqaro  hisob-kitoblar  borasidagi  banklar  faoliyati  bir  to m o n d a n  
milliy  qonunchilik  bilan  muvofiqlashtiriladi,  boshqa  to m o n d a n   esa 
o ‘r n a tilg a n   q o i d a l a r   va  u d u m l a r   yo k i  a lo h i d a   h u j j a t l a r   b i la n  
mustahkamlangan  ko'rinishda  mavjud  bo'lgan,  shakllangan  am aliyot 
bilan  belgilanadi.
Xalqaro  hisob-kitoblarda  asosan  milliy  valutalarning  ishlatilishi 
ulardan  foydalanish  samaradorligini  kurs  tebranishlari  ha m d a   ushbu 
valutalar  emitentlari  b o ‘lmish  m am lakatlarning  iqtisodiy  va  valuta 
siyosatiga bog‘liqligini  kuchaytiradi.  Xalqaro  hisob-kitoblarning  holati 
bir  qator  omillarga  bog'liqdir:  m am lakatlar  o ‘rtasidagi  iqtisodiy  va 
siyosiy  munosabatlar;  valuta  qonunchiligi;  Xalqaro  savdo  qoidalari 
ham da  udumlari;  bank  amaliyotlari;  tashqi  savdo  shartnom alari  va 
kredit  bitimlarining  shartlari.
Tashqi  iqtisodiy  bitimlarning  valuta-moliyaviy  va  t o ‘lov  shartlari. 
Xalqaro  savdo  shartnomalari  b o ‘yicha  hisob-kitoblar  o ‘ta  m urak kab  
bo ‘lib,  bank  xodimlarining  yuqori  m alakaga  ega  b o ‘lishliligini  talab 
etadi.  T o ‘lov  olinishining  tezligi  va  kafolati  ham da  banklar  orqali 
operatsiyalar o ‘tkazishning xarajatlar summ asi  hisob-kitoblar shakllari 
va shartlarining tanloviga bog‘liqdir.  Shu sababli tashqi  savdo  b o ‘yicha 
hamkorlar  m uzoqaralar  borasida  t o ‘lov  shartlarining  ikir-chikirlarini 
kelishib  oladi  va  s o 'n g ra   u s h b u   s h a r t la r n i   s h a r t n o m a g a   k iritib  
rasmiylashtiradi.
Shartnom alarning valuta-moliyaviy va t o ‘lov shartlari  tuzilayotgan 
paytda  ek sportyo r  m a n fa atlarin i  im p o r ty o r   m anfaatlariga  teskari 
ekanligi,  odatda,  k o ‘zga  tashlanadi.  B u n d a   eksportyor  v a lu ta n in g  
maksimal summasiga nihoyatda qisqa vaqt  ichida ega boMishni xohlaydi,


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə