1) Xalqaro pul to'lovlari va kapital o ‘tkazmalarini
muvofiqlashtirish,
eksport tushumi, foyda, oltin harakati, pul belgilari h a m d a qimmatli
qog‘ozlar repatriatsiyasi;
2) xorijiy valutaning erkin oldi-sotdisini taqiqlash;
3) xorijiy valuta va boshqa valuta qimmatliklarining davlat q o‘lida
to ‘planuvi. Shu jum ladan, t o ‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkre-
ditjvlar va boshqalar), nom inali xorijiy valutada k o ‘rsatilgan qimmatli
qog'ozlar, qim m atbaho metallarning t o ‘planuvi.
8 .5 . Xalqaro hisob-kitoblar, ularning shakllari
Xalqaro hisob-kitoblardagi o ‘zgartirishlarning paydo boMishi hamda
u larn in g y a n a d a takom illashib borishi tovar ishlab chiqarish va
m uom ala jarayonining rivojlanishi ham da baynalmilallashuvi bilan
bog‘liqdir. Tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish davrlarini o ‘zaro
muvofiq kelmasligi h a m d a iste’m ol bozorlarining uzoqligi tufayli
xalqaro muomaladagi qiymatlar harakatining nisbatan mustaqil bo‘lib
qolgan shakli xalqaro hisob-kitoblarda o ‘z aksini topadi. Xalqaro hisob-
kitoblar tovarlar va xizmatlar bilan tashqi savdo h a m d a notijorat
opcratsiyalar, kreditlar va mamlakatlararo kapitallar harakati bo‘yicha
hisob-kitoblarni qamrab oladi.
Xalqaro hisob-kitoblar — turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik
shaxslari o 'rtasid a iqtisodiy, siyosiy ham da madaniy m unosabatlar
tufayli vujudga keladigan pul talablari va m ajburiyatlar b o'yicha
to'lovlarni muvofiqlashtirishdir. Xalqaro hisob-kitoblar bir tom ondan,
am aliyotda shakllangan va Xalqaro hujjatlar ham da u d um lar bilan
m ustahkam langan t o ‘lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini,
ikkinchi to m o n d a n ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan
kunlik amaliy faoliyatni o ‘z ichiga oladi. Hisob-kitoblarning eng katta
hajmi bank hisob-varaqlarida yozuvlarni amalga
oshirish orqali naqdsiz
pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunda jahonning eng yirik
banklari xalqaro hisob-kitoblarda yetakchilik rolini o ‘ynaydi. Mazkur
b a n k la rn in g xalqaro h isob-k itoblarga b o ‘lgan t a ’sir darajasi ular
joylashgan m am lakat tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy valutasining
ishlatilish ko‘lam lari, ixtisoslashganligi, moliyaviy ahvoli, ishbilarmonlik
mavqei, vakil banklar tizimiga bevosita bog'liqdir.
Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o ‘zlarining xorijiy
b o iim la ri va xorijiy banklar bilan o ‘rnatilgan vakillik munosabatlaridan
foydalanadilar. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o'rnatil-