O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124

tovardan  foydalanish  huquqini  beruvchi  hujjatlar va t o ‘lov  hujjatlarini 
qayta  ishlash,  to'lovlarni  amalga  oshirish  bilan  bog'liq  m a ’lum   bir 
munosabatlarga  kiradi.  Ularning  o ‘rtasidagi  majburiyatlar  hajmi  va 
javobgarlik  taqsimoti  hisob-kitobning  aniq  bir  shakliga  bog‘liqdir.
2.  Xalqaro  hisob-kitoblar  m e ’yoriy  milliy  huquqiy  dalolatnom alar 
ham da  Xalqaro  bank  qoidalari  va  udumlari  bilan  muvofiqlashtiriladi. 
A Q SH dagi  birxillashtirilgan  savdo  Kodeksi  hisob-kitoblarga,  shu 
ju m ladan   xalqaro  hisob-kitoblarga  aloqador  m e ’yorlarni  o ‘z  ichiga 
olgan.
3.  Xalqaro  hisob-kitoblar  soddalashtirish  obyektidir,  bu  xo'jalik 
a lo q a larin in g   baynalm ilallashuvi  h a m d a   bank  op e ra tsiy a la rin in g  
universallashuvi  bilan  asoslangandir.  1930-  va  1931 -yillarda  Jenevada 
b o ‘lib o ‘tgan  konferensiyalarda veksel va chek  muomalalari  borasidagi 
q o n u n c h ilik n i  so d d a la s h tiris h g a   h a m d a   u la rd a n   x a lq a ro   h isob- 
kitoblarda  foydalanish  murakkabliklarini  bartaraf  etishga  qaratilgan 
Xalqaro  «Veksel»  va  «Chek»  konvensiyalari  qabul  qilingan.  Veksel 
b o 'y ich a   birxillashtirilgan  q o n u n   ko'pchilik  m am lakatlarda  ushbu 
boradagi  milliy  qonunchilikning  zamini  b o ‘lib  xizmat  qiladi.  Xalqaro 
savdo  huquqi  b o ‘yicha  BMTning  Komissiyasi  veksel  qonunchiligining 
yanada soddalashtirilishini  amalga oshiradi.  XX asrning boshida  Parijda 
tashkil  etilgan  Xalqaro  savdo  palatasi  dokum entär  akkreditivlar  va 
inkasso  u c h u n   Soddalashtirilgan  qoidalar  ham da  udum larni  ishlab 
chiqadi  va  chop  etadi.  Masalan,  inkasso  bo'yicha  dastlabki  qoidalar 
1936-yilda  ishlab  chiqilgan  ham da  1967,  1978,  1995-yillarda  qayta 
ishlangan  edi  (1996-yilning  yanvar  oyidan  boshlab  kuchga  kirgan). 
D unyo  banklarining  ko'pchiligi  akkreditiv va inkasso bo'yicha  mazkur 
S od dalash tirilgan   qoidalarga  q o'shilishi  t o ‘g ‘risida  e ’lon  qildilar. 
Xalqaro savdo  palatasi shartnoma kafolatlari b o ‘yicha qoidalarini  ishlab 
c h iq di  h a m d a   to 'lo v   kafolatlari  yuzasidan  qoidalarni  tayyorlash 
yuzasidan  ish  olib  bormoqda.
4.  Xalqaro  hisob-kitoblar,  odatda,  dokum entär  xarakterga  ega, 
y a ’ni  moliyaviy  va  tijorat  hujjatlari  mavjud  bo'lgandagina  ijro  etiladi. 
Moliyaviy  hujjatlarga oddiy va o ‘tkaziladigan veksellar,  cheklar,  t o ‘lov 
tilxatlari  kiradi.  Tijorat  hujjatlari  tarkibiga  esa:  a)  schyot-fakturalar; 
b)  m ahsulot  j o ‘natilganligi  yoki  uni  yuklashga  qabul  qilinganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar (konosamentlar, ternir y o i ,  avtomobil va aviatsiya 
y o ‘l  xatlari,  p o c h ta   kvitansiyalari,  aralash  yo‘q  tashishlarga  b o ‘lgan 
kom binatsiyalashgan  transport  hujjatlari);  d)dengiz  (daryo,  okean) 
orqali  y o ‘l  tashishlarni sug'urtalovchi sug‘urta kompaniyalari yoki ular


agentlarining sug‘urta hujjatlari,  chunki eksportga mo'ljallangan yuklar 
odatda,  sug'urta  qilinadi;  e)boshqa  hujjatlar  —  tovarlar  kelib  chiqishi, 
og‘irligi,  sifati yoki tovarlar tekshirilganligi ham da ular chegarani bosib 
o ‘tganligi to ‘g‘risida guvohlik beruvchi sertifikatlar,  firibgarlik va boshqa 
shu kabi qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida importyor mamlakat 
bojxona  xizmatlarini  yukning  maqsadi  haqida  xabardor  etish  uchun 
bojxona  h a m d a   konsullik  schyot-fakturalari  kiradi.  Bank  yuqorida 
zikr etilgan  hujjatlarning  m azm uni  va  taxlamining butligini  tekshiradi. 
Shu  bilan  birgalikda  bir  qator  tashkilotlar  (Xalqaro  savdo  palatasi, 
Parij,  SVIFT va boshqalar) tom onidan  elektron shartnomalari,  elektron 
moliyaviy instrumentlar va hisob-kitoblar (shu jum ladan akkreditivlar), 
elektron  transport  hujjatlari  tushunchalarini  o ‘z  ichiga  oigan  elektron 
«qog'ozsiz»  savdo  texnologiyasi  konsepsiyasi  ishlab  chiqilmoqda.
5.  Xalqaro t o ‘lovlar turli  valutalarda  amalga oshiriladi.  Shu  sababli 
u lar  v alu ta  o p era tsiy a la ri,  v a lu t a la r   o ld i-s o td is i  bila n   y a q in d a n  
bog'liqdir.  Ularni  amalga oshirilish samaradorligiga valuta kurslarining 
dinamikasi  ta  sir  etadi.
6.  Xalqaro  savdo  palatasi  to m o n id a n   chop  etilgan  kafolatlar  — 
(d em a n d   guarantees)ning  S oddalashtirilgan  qoidalari  q o ‘llaniladi. 
M azkur  hujjatning  matni  tuzilayotgan  kafolat  matniga  kiritilishi  zarur 
b o ‘lgan  asosiy  qoidalarni  o ‘z  ichiga  oigan,  ular  quyidagilar:
1)  agarda  kafolat beruvchiga  m ukofot t o ‘lanm agan boMsa kafolatni 
talab  qilib  olib  b o ‘lmaydi;
2)  bitim  to'g'risida  batafsil  m a ’lumot;
3)  e ’tirozni  taqdim  etish  u c h u n   zarur  bo'lgan  hujjatlar  (odatda, 
benefisiar  banki  tom onidan  tekshiriladi);
4)  kafolat  m u d d a ti  tugashini  k o ‘rsa tu v c h i  sana  va  b enefisiar 
to m o n idan   hujjatlarni  kafolat  beruvchi  bankka  taqdim  etish  sanasini 
qayd  etilishi;
5)  harakat  muddati  tugaganidan  s o ‘ng  kafolat  qaytarilgan  b o ‘lishi 
lozim,  chunki  endi  u  hech  qanday  kuchga  ega  emas.
Xalqaro  hisob-kitoblar  turining  tanloviga  quyidagi  om illar  t a ’sir 
etadi:
a)tashqi  savdo  bitimining  obyekti  b o i m i s h   tovarning  turi  (hisob- 
kitob turlari  mashina va jihozlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib 
berilishida  bir-biridan  farqlanadi).  Ayrim  tovarlarni  —  yog‘och,  g ‘alla 
yetkazib  berilishida  amaliyot  to m o n id a n   yaratilgan  a n ’anaviy  shakllar 
q o ‘llaniladi;
b)  kredit  bitimining  mavjudligi;


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə